USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyoda millionerlar şiddat bilan köpaymoqda – hisobot

93 марта
Дунёда миллионерлар шиддат билан кўпаймоқда – ҳисобот

Boylar boyişda davom etmoqda. 2025 yilda dunyoda qariyb 1 million nafar yangi dollardagi millioner paydo böldi – bu kuniga örtaça 2,6 ming nafar demakdir. Bu haqda Şveytsariyaning UBS banki tomonidan elon qilingan yangi “Global boylik hisoboti”da keltirilgan.

Ötgan yili sayyoradagi jami şaxsiy boylik hajmi 10,8 foizga oşgan va bu körsatkiç 2024 yildagi 4,6 foiz hamda 2023 yildagi 4,2 foizlik ösişga nisbatan sezilarli darajada tezlaşgan. UBS tadqiqotiga köra, bunday keskin ösişning asosiy drayverlaridan biri moliyaviy bozorlardagi narxlarning tez suratlarda kötarilişi bölgan.

2025 yilda dunyoda har qaçongidan köra köproq millionerlar paydo bölgan. Ularning umumiy soni 1,5 foizga ösib, har kuni 2680 nafarga köpaygan. Uşbu ösişning qariyb yarmi Amerika Qöşma Ştatlari hissasiga töğri kelgan va u yerda yetti xonali kapital egalari safi 441 000 dan ortiq kişiga kengaygan.

“Oddiy millionerlar” (Everyday millionaires) toifasidan farqli ölaroq, butun dunyo böylab eng badavlat guruhlarning (boyligi 5 million dollardan yuqori bölganlar) soni va kapitali mötadilroq – yiliga örtaça 7-8 foizga ösgan. Biroq ayrim mamlakatlarda ikki xonali ösiş suratlari qayd etilgan. Bu borada mutlaq yetakçi materik Xitoyi bölgan, u yerda 50 million dollardan 100 million dollargaça bölgan segmentda kapitalning yillik örtaça ösiş surati 31 foizga yaqinlaşgan. Barça uçta guruhda ($5–10 mln, $10–50 mln va $50–100 mln) barqaror ikki xonali körsatkiçlarni namoyiş etgan Avstraliya ikkinçi örinni egallagan. AQŞda esa uşbu toifalardagi temp jahondagi örtaça körsatkiçdan birozgina yaxşiroq bölgan, xolos. Birlaşgan Arab Amirliklarida boyligi 10 million dollardan ortiq bölgan millionerlar soni 10 foizdan köproqqa, 50–100 million dollarlik segmentda esa deyarli 12 foizga oşgan.

Yevropa mintaqasida boylikning AQŞ valyutasidagi ösişi nomutanosib ravişda tez bölgan. UBS ekspertlari bu dinamikani asosan ötgan yili dollar kursining yevroga nisbatan tuşib ketgani bilan izohlagan.

Şu bilan birga, dunyoda örtaça farovonlik körsatkiçi oşgani fonida, 2020 yildan buyon tengsizlik yanada çuqurlaşgan. Şkalanning örtasidagi asl holatni aniqroq aks ettiruvçi mediana boylik qiymatlari köplab davlatlarda pasaygan. Bu esa eng badavlat fuqarolar va qolgan aholi örtasidagi farqning kattalaşib borayotganini körsatadi.

Hisobotda turli mamlakatlardagi investitsiya qiliş madaniyatining farqlari ham kuzatiladi. Masalan, Şvetsiya, Isroil va Tayvanda yalpi boylikning 80 foizdan ortiği moliyaviy aktivlarga töğri keladi. Bu hatto dunyodagi eng yirik fond bozoriga ega AQŞdagi körsatkiçdan ham (79 foiz) yuqoridir. Buning qarama-qarşi qutbida esa Turkiya va Hindiston joylaşgan bölib, u yerda moliyaviy vositalar uluşi mos ravişda atigi 20 foizdan kam va 26 foizga yaqinni taşkil etadi. Bu davlatlarda investorlarning şaxsiy kapitali ananaviy tarzda köçmas mulk va boşqa nomoliyaviy aktivlarga yönaltiriladi.

Badavlat investorlar 2025 yilda özlarining umumiy portfelining örtaça 20 foizini sanat asarlarida saqlab turgan. UBS ekspertlari geosiyosiy şoklarga qaramay, bu körsatkiç oxirgi olti yil davomida barqaror qolayotganini takidlamoqda. Şu bilan birga, art-obektlarga (sanat namunalariga) investitsiya kiritiş uluşi investor kapitalining umumiy hajmi ösişi bilan töğridan töğri oşib boradi.

Hisobot uçun berilgan maxsus intervyuda iqtisodiyot böyiça 2025 yilgi Nobel mukofoti laureati Joel Mokir davlatlarning uzoq muddatli farovonligini taminlovçi boş omil jismoniy kapital emas, balki inson salohiyatini rivojlantiriş va ilmiy könikmalarni (STEM) jamlaş ekanini qayd etgan. Uning fikriça, iqtisodiy samaradorlik jihatidan suniy intellektni (SI) ortda qoldirişga qodir kelajak texnologiyalari termoyadroviy sintez, tibbiyotdagi matritsali RNK texnologiyalari (mRNA texnologiyalari) hamda yoşartiriş va umrni uzaytiriş texnologiyalari böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: