Trampning tuğiliş böyiça fuqarolikni bekor qiliş farmoni noqonuniy deb topildi
AQŞ Oliy sudi Prezident Donald Trampning mamlakat hududida tuğilgan bolalarni avtomatik ravişda fuqarolikdan mahrum qilişga qaratilgan farmonini noqonuniy deb topdi. Bu haqda “The Waşington Post” xabar berdi.
Qayd etilişiça, beş nafar sudya farmonni Konstitutsiyaga zid deb topgan, yana bir konservativ sudya – Brett Kavano esa konstitutsiyaviy masalaga töxtalmagan holda, uni federal qonunçilik nuqtai nazaridan noqonuniy deb hisoblagan.
Tramp özining ikkinçi muddatidagi ilk iş kunida – 2025 yil 20 yanvarda imzolagan farmon davlat organlariga qonuniy maqomga ega bölmagan, şuningdek, mamlakatda vaqtinçalik (talabalik, işçi yoki turistik viza bilan) bölib turgan ota-onalardan tuğilgan bolalarga fuqarolik hujjatlarini bermaslikni buyurgan edi. Oliy sud esa köp yillik amaliyotni tasdiqladi: Konstitutsiyaga kiritilgan 14-tuzatiş AQŞ hududida tuğilgan deyarli har qanday bolaga kamdan-kam holatlar (masalan, diplomatlarning farzandlari) bundan mustasno bölgan holda avtomatik ravişda fuqarolik beradi. Uşbu tamoyil sudning 1898 yildagi San-Frantsiskoda xitoylik ota-onadan tuğilgan Vong Kim Ark işi böyiça çiqargan qarori bilan mustahkamlab qöyilgan.
Farmon qator sud jarayonlari tölqiniga sabab böldi: bir neçta ştatlardagi federal sudyalar uni bloklab qöydi va natijada iş Oliy sudgaça yetib bordi. 2025 yilning iyun oyida oliy instantsiya uşbu iş böyiça qaror çiqargan edi – öşanda sud federal sudyalar Prezident farmonlarini umummilliy darajada çeklaşga haqli emasligi töğrisida qaror çiqarib, bu bilan Trampga farmonni ijro etiş uçun vaqtinçalik yöl oçib bergandi. Uşbu qarordan söng ACLU huquqni himoya qiliş taşkiloti farmon daxl qilgan oilalar nomidan jamoaviy davo arizasi kiritdi va Oq uy administratsiyasi tomonidan Oliy sudga şikoyat qilingan dastlabki sud taqiqiga erişdi.
Prezidentning suddagi vakili Jon Sauer fuqarolikning ommaviy ravişda berilişi noqonuniy migratsiya va “tuğuruq turizmi” uçun öziga xos “magnit” yaratişini takidlab, şunday dedi:
“Biz 8 milliard aholi AQŞ fuqarosi böladigan bolani dunyoga keltiriş uçun bor-yöği birgina aviaparvoz masofasida turgan yangi dunyoda yaşayapmiz”.
Yuridik jihatdan uning pozitsiyasi uşbu özgartirişning matniga asoslangan edi: fuqarolikni AQŞ hududida tuğilgan va AQŞ yurisdiktsiyasiga böysunuvçi şaxslar oladi. Sauerning sözlariga köra, agar bolaning ota-onasi AQŞda doimiy maqomga ega bölmasa, yani Qöşma Ştatlarga siyosiy sodiqlik körsatmasa, uşbu bola mamlakat yurisdiktsiyasiga böysunuvçi deb hisoblanişi mumkin emas. ACLU yuristi Sesiliya Uang esa bu tuşunça ananaviy tarzda faqat diplomatlarning farzandlari va tor doiradagi istisnolarga taalluqli ekanini, administratsiyaning talqini esa tuzatiş matniga ham, Vong Kim Ark işi böyiça pretsedentga (sud namunasiga) ham va ön yillik huquqni qöllaş amaliyotiga ham zid ekanini aytib etiroz bildirdi.
Bir guruh huquq professorlari tomonidan sudga taqdim etilgan malumotnomaga köra, Trampning farmoni yiliga taxminan 250 ming baloni fuqarolikdan mahrum qilardi, 2045 yilga borib esa bu raqam qariyb 5 million kişini taşkil etişi mumkin edi va ularning bir qismi umuman heç qaysi davlat fuqaroligisiz qolib ketişi xavfi bor edi.
Malumot uçun, AQŞ – dunyodagi tuğiliş huquqi böyiça fuqarolik beriş tamoyili amal qiladigan taxminan 35 ta davlatdan biridir. Dunyodagi aksariyat davlatlar fuqarolikni faqat ota-onasi şu mamlakat fuqarosi bölgan taqdirdagina taqdim etadi.