AQŞ sudi Trampning viza uçun 100 ming dollarlik tölovini noqonuniy deb topdi
9-06-2026, 17:54
86 марта

AQŞ sudi Trampning viza uçun 100 ming dollarlik tölovini noqonuniy deb topdi
AQŞning Boston şahridagi federal sudya Donald Tramp tomonidan joriy etilgan yangi H-1B vizalari uçun 100 ming dollarlik tölovni bekor qildi. Bu haqda CBS News xabar berdi.Sud qaroriga köra, bu tölov Kongress tomonidan tasdiqlanmagan noqonuniy soliq hisoblanadi.
Massaçusets ştati Boston şahridagi federal okrug sudyasi Leo Sorokin uşbu qarorni 20 nafar demokrat ştat boş prokurori tomonidan kiritilgan davo asosida çiqargan. Ular Trampning H-1B vizasini oliş xarajatlarini keskin oşirib yuborganini takidlagan. Mazkur viza dasturidan, ayniqsa, texnologiya kompaniyalari malakali xorijiy mutaxassislarni işga jalb qiliş uçun keng foydalanadi.
Tramp mamuriyati bu tölovni qonuniy çora deb hisoblaydi. Ularning takidlaşiça, immigratsiya qonunlari prezidentga AQŞ manfaatlariga zid deb topilgan ayrim xorijliklarning mamlakatga kirişini çeklaş huquqini beradi. Şu sababli mamuriyat uşbu tölovni joriy etiş vakolati prezidentda bölganini aytmoqda.
Biroq sudya Sorokin tölovning mohiyati jarima emas, balki soliq ekanini qayd etgan. Uning fikriça, Prezident Kongress ruxsatisiz bunday soliq joriy eta olmaydi va şu sababli AQŞ Davlat departamenti hamda Fuqarolik va immigratsiya xizmatlari uni amalga oşiriş huquqiga ega emas.
“100 ming dollarlik tölovning mazmuni va qöllaniş tartibi uning qanday nomlanişidan qati nazar, soliq ekanini körsatadi”, deb yozdi sudya Sorokin.Sorokinning fikriça, uşbu qarordagi mantiqqa köra, Tramp immigratsiya qonunçiligi asosida ham soliq joriy etiş vakolatiga ega emas.
“Prezident Tramp Amerika manfaatlariga mos kelmaydi deb hisoblagan har qanday xorijiy fuqarolar toifasining kirişini çeklaş böyiça aniq qonuniy vakolatlarga ega va aynan şunday yöl tutgan”, dedi Oq uy vakili Teylor Rodjers.Malumot uçun, H-1B dasturi har yili 65 mingta vizani taqdim etadi. Bundan taşqari, magistr yoki undan yuqori darajaga ega mutaxassislar uçun yana 20 mingta qöşimça viza ajratiladi. Vizalar odatda uç yildan olti yilgaça bölgan muddatga beriladi. Tramp qaroridan oldin iş beruvçilar xorijiy xodim uçun H-1B vizasini rasmiylaştirişda turli omillarga qarab taxminan 2 mingdan 5 ming dollargaça tölov amalga oşirardi.
Mazkur 100 ming dollarlik tölov AQŞda talabalik vizasi asosida bölib turgan va keyinçalik H-1B vizasiga ötadigan xorijiylarga tatbiq etilmagan. Odatda yangi H-1B oluvçilarning katta qismi aynan şu toifaga kiradi.
Şuningdek, Tramp mamuriyati H-1B vizasi talabgorlarini tekşirişni kuçaytirib, yuqori malakali va yuqori maoş oluvçi mutaxassislarga ustunlik beruvçi yangi tizimni taklif qilgan.
“100 ming dollarlik tölovning bekor qilinişini yuqori malakali mutaxassislarni AQŞga jalb qiliş yölidagi muhim ğalaba”, dedi Kaliforniya boş prokurori Rob Bonta.