Pokistonda maktab tomi qulaşidan 14 nafar bola halok böldi
Pokistonning şarqiy qismida joylaşgan Lahor şahrida xususiy öquv markazi tomining qulaşi oqibatida 14 nafar bola halok böldi. Bu haqda Panjob viloyati favqulodda xizmatlari xabar qildi.
Malumotlarga köra, qutqaruvçilar vayronalar orasidan 5 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar hamda 30 yoşli ayol öqituvçining jasadlarini olib çiqqan. Halok bölgan bolalarning aksariyati 9 yoşdan kiçik bölgan.
Panjob viloyati Axborot vaziri Azma Boxarining aytişiça, dastlabki tekşiruvlar öquv markazi rasman röyxatdan ötmaganini va xususiy turar joy binosida, eskirib qolgan tom ostida faoliyat yuritganini körsatgan. Qayd etilişiça, Pokistonda maktabdan taşqari qöşimça dars maşğulotlari ötkazuvçi xususiy öquv markazlari keng tarqalgan.
“Agar beparvolik, ehtiyotsizlik yoki qonunbuzarlik aniqlansa, aybdorlarga nisbatan qatiy huquqiy çoralar köriladi”, degan Azma Boxari.
Uning sözlariga köra, Panjob hukumati musson mavsumi oldidan xavfli binolarni töliq közdan keçiriş, şuningdek, röyxatdan ötmagan öquv markazlari va xususiy talim muassasalari faoliyatiga nisbatan qatiyroq talablarni joriy etiş böyiça körsatma bergan.
Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardariy halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, bunday fojialarning takrorlanmasligi uçun talim muassasalarida xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston nazoratidagi Kaşmirda ikki haftaga yaqin davom etgan namoyişlar oqibatida kamida 24 kişi halok bölgan edi.