Tramp kriptovalyuta bizneslaridan $1,4 mlrd daromad oldi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2025 yilda kriptovalyutaga oid bizneslaridan 1 milliard AQŞ dollaridan ortiq daromad oldi. Bu haqda hukumatning etika masalalari böyiça idorasiga taqdim etilgan yillik moliyaviy deklaratsiyada keltirilgan.
Hujjatga köra, Trampning ikkinçi prezidentlik muddati davomida u va uning oilasi raqamli aktivlar sohasiga faol sarmoya kiritgan. Prezident yil boşida AQŞni “dunyoning kriptovalyuta poytaxti”ga aylantiriş niyatini bildirgan edi. Hisobotda qayd etilişiça, Trampning asosiy kriptovalyuta loyihasi – World Liberty Financial boşqaruv tokenlari va boşqa kriptomahsulotlarni sotiş orqali 500 million dollardan ortiq daromad keltirgan.
Şuningdek, CIC Digital LLC kompaniyasi Tramp tasviri tuşirilgan mem-koinlar savdosidan 600 million AQŞ dollaridan ziyod mablağ işlagan. Uşbu tokenlar Prezidentning inauguratsiyasidan bir neça kun avval muomalaga çiqarilgan.
Oq uy matbuot kotibi Anna Kelli Prezident va uning oilasi manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaganini qayd etgan.
“Na Prezident, na uning oilasi heç qaçon manfaatlar töqnaşuvida iştirok etmagan va bunday qilmaydi ham. Prezident Tramp ijro qarorlari, GENIUS Act kabi qonunlarni qöllab-quvvatlaşi va boşqa oqilona siyosatlar orqali AQŞni dunyoning kriptovalyuta poytaxtiga aylantirdi”, deydi Kelli.
Uning bildirişiça, Prezident va uning mamuriyatining barça qarorlari Amerika xalqi manfaatlarini közlab qabul qilingan. Şu bilan birga, hisobotda Trampning kriptovalyuta tokenlari va mem-koinlari savdosi boşlanganidan beri ularning bozor qiymati sezilarli darajada pasaygani ham qayd etilgan.
Moliyaviy deklaratsiyaga köra, Tramp kriptovalyutalardan taşqari ham turli manbalardan katta daromad olgan. Jumladan, Tramp brendi ostidagi Injil kitoblari, krossovkalar, soatlar va boşqa suvenir mahsulotlari savdosidan millionlab AQŞ dollari işlagan. Faqat brendli soatlar savdosining özi unga 4,7 million AQŞ dollari daromad keltirgan.
Bundan taşqari, xorijdagi köçmas mulk loyihalari ham katta daromad manbai bölgan. Birlaşgan Arab Amirliklaridagi loyihadan 10,4 million AQŞ dollari, Saudiya Arabistonidagi mehmonxona loyihasidan 9 million AQŞ dollari, Ruminiya poytaxti Buxarest hamda Qatardagi loyihalardan esa har biri 5 million AQŞ dollaridan daromad kelgan.
Hisobotda yana Trampning ABC, CBS, YouTube, Meta va X kompaniyalari bilan tuzilgan beşta huquqiy kelişuv natijasida jami 86 million AQŞ dollaridan ortiq mablağ olgani ham qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq dunyoda millionerlar şiddat bilan ortayotgani haqida xabar qilingandi.