Ispaniyada jazirama tufayli kamida 900 kişi halok böldi
Ispaniyada joriy yilning iyun oyida kuzatilgan issiq havo fonida kamida 900 kişi vafot etdi. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligining ölim holatlarini har kunlik monitoring qiliş tizimining dastlabki malumotlariga tayanib, “El Pais” xabar berdi.
Naşrning qayd etişiça, 2026 yilning iyun oyi Ispaniyada 1961 yildan buyon olib borilayotgan meteokuzatuvlar tarixidagi ikkinçi eng issiq iyun bölgan. AEMET davlat meteorologiya agentligi ötgan oyni “öta issiq” deb tasniflagan. Bunda kuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr bölib 2025 yilning iyun oyi qolmoqda.
“Şu yilning iyun oyida Ispaniyada yuqori harorat tufayli 900 ga yaqin kişi vafot etdi, ulardan 623 nafari anomal issiqlik kuzatilgan haftada hayotdan köz yumdi”, deyiladi xabarda.
Gazeta malumotlariga köra, ötgan oy issiq ob-havo tufayli yuzaga kelgan ölim holatlari soni böyiça ham ikkinçi örinni egallagan. Eng köp ölim holati 2017 yilda qayd etilgan bölib, öşanda 1 mingta holat kuzatilgan. Bu boradagi kuzatuvlar 2015 yildan buyon olib boriladi.
Malumot uçun, joriy yil iyun oyining örtalarida Yevropada anomal issiq ob-havo kuzatila boşlandi. Qator mamlakatlarda havo harorati 40 darajagaça kötarilmoqda, bazi joylarda esa undan ham oşib ketdi. Ob-havo xavfliligining eng yuqori – “qizil” darajasi Frantsiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada joriy etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada rekord darajadagi issiq tölqini oqibatida qariyb 1000 ta ölim holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.