USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Belgiyada turarjoy binosi yonib ketdi. Qurbonlar bor

68 марта
Бельгияда тураржой биноси ёниб кетди. Қурбонлар бор

Belgiyaning Antverpen şahrida joylaşgan köp qavatli turarjoy binosida çiqqan kuçli yonğin oqibatida bir neça kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar qildi.

Malumotlarga köra, yonğin haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan bugun, 1 iyul kuni soat 09:53 da kelib tuşgan. Yonğin Antverpenning Linkeruver tumanidagi 10 qavatli turar joy binosining sakkizinçi qavatida boşlangan. Politsiyaning bildirişiça, yonğin çiqqan bino töliq evakuatsiya qilingan. U yerda 200 nafardan ortiq kişi yaşagan. Hodisa oqibatida bir neça kişi turli darajada jarohat olgan.

Mahalliy politsiya vakili Kim Bastians hozirça halok bölganlar va jabrlanganlar soniga aniqlik kiritiş imkoni yöqligini bildirgan.

“Ayni paytda bu haqda raqamlarni ayta olmaymiz, çunki hozirgi ustuvor vazifamiz jabrlanganlarni qidiriş va qutqariş işlarini davom ettirişdan iborat”, degan u.

Qayd etilişiça, hodisa joyida turli tumanlardan jalb etilgan öt öçiriş bölinmalari, tez yordam brigadalari va boşqa favqulodda xizmatlar iş olib bormoqda. Politsiya tutun tarqalgan hudud aholisidan eşik va derazalarni yopiş, zarur hollarda esa şamollatiş tizimlarini öçirib qöyişni söragan.

Binoning öninçi qavatida yaşovçi Geyert Deyulfning aytişiça, dastlab elektr energiyasi öçgan, ortidan yonğin signalizatsiyasi işga tuşgan.

“Avvaliga elektr öçdi. Uç daqiqadan keyin yonğin signalizatsiyasi işladi. Öşa paytga kelib yölaklarni tutun qoplab bölgandi. Biz öz kuçimiz bilan pastga tuşişga urindik, ammo buning imkoni bölmadi. Keyin xonadon içida berkinib, ayvonda kutdik. Taxminan ön daqiqadan söng öt öçiruvçilar maxsus narvon orqali bizni qutqarib olişdi”, degan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Moskva şimolidagi qurilayotgan binoda çiqqan yonğin oqibatida sakkiz kişi halok bölgan, yana 13 kişi jarohatlangan edi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: