USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Belgiyadagi köp qavatli uyda yonğin çiqdi. Qurbonlar bor

67 марта
Бельгиядаги кўп қаватли уйда ёнғин чиқди. Қурбонлар бор

Bugun, 2 iyul kuni Belgiyaning Antverpen şahrida joylaşgan köp qavatli turar joy binosida yuz bergan yirik yonğin oqibatida kamida 5 kişi halok böldi, yana önlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Malum qilinişiça, yonğin Antverpenning Linkeruver hududidagi 10 qavatli turar joy binosining birinçi qavatida boşlangan. Binoda 200 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Yonğin tez tarqalib, osmonni qalin tutun qoplagan.

Antverpen politsiyasi vakili Kim Bastiyensning malum qilişiça, hodisa oqibatida kamida 5 kişi halok bölgan. Bundan taşqari, bir neçta kişi oğir, yana bir guruh fuqarolar yengil tan jarohatlari olgan.

Yonğin sababli bino töliq evakuatsiya qilingan. Mahalliy hokimiyat tutun xavfi tufayli yaqin atrofdagi aholiga deraza va eşiklarni yopiq saqlaş, zarurat bölsa şamollatiş tizimlarini öçirib qöyişni tavsiya qilgan.

Voqea joyiga öt öçiruvçilar, tez tibbiy yordam xizmatlari, politsiya va maxsus dron guruhi safarbar etilgan. Yonğinni öçiriş işlari uning kölami va kuçli alanga sababli murakkab keçgani aytilmoqda.

Hozirça yonğinning kelib çiqiş sababi aniqlanmagan. Dastlabki malumotlarga köra, alanga binoning birinçi qavatida boşlangan. Bildirilişiça, hodisa joyida ekspertlar tekşiruv olib bormoqda.

Jabrlanganlarni yaqin atrofdagi şifoxonalarga taqsimlaş uçun maxsus tibbiy favqulodda vaziyat rejasi işga tuşirilgan.

Belgiya Boş vaziri Bart De Vever halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, evakuatsiya qilingan fuqarolar va jabrlanganlarni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan. U, şuningdek, yonğinni bartaraf etiş va odamlarni qutqariş böyiça iş olib borayotgan favqulodda xizmatlar xodimlariga minnatdorlik izhor etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Monakodagi turar joy binosida yuz bergan portlaş oqibatida 3 kişi jarohatlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: