USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

1 millionga yaqin jarima bekor qilinadi

327 марта
1 миллионга яқин жарима бекор қилинади

Qozoğistonda yangi Konstitutsiya qabul qilingani munosabati bilan elon qilingan amnistiya doirasida 1 millionga yaqin mamuriy jarima bekor qilinadi, 16,5 mingdan ortiq fuqaro esa jinoiy javobgarlik va jazodan ozod etiladi yoki ularga nisbatan jazo yengillaştiriladi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Qozoğiston Içki işlar vazirligi malumotiga köra, jinoiy javobgarlik va jazodan, asosan, jinoiy qilmişlar, unça oğir bölmagan jinoyatlar, şuningdek, yetkazilgan zararni töliq qoplagan yoki umuman zarar yetkazmagan holda örtaça oğirlikdagi ayrim jinoyatlarni sodir etgan şaxslar ozod etiladi. Ayrim mahkumlarning esa sodir etgan jinoyatining oğirligi, yetkazilgan zararni qoplagani va jazoni ötaş davridagi xulq-atvori inobatga olinib, jazoning ötalmagan qismi qisqartiriladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, amnistiya 16,5 mingdan ortiq kişiga tatbiq etiladi. Ularning qariyb 2,9 ming nafari ayollar bölib, ular orasida homiladorlar hamda voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalayotgan onalar ham bor.

Şuningdek, Qozoğiston tarixida ilk bor mamuriy amnistiya ham joriy etilmoqda. U Mamuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksning 260 dan ortiq moddasi böyiça tayinlangan jarimalarni qamrab oladi. Faqat içki işlar organlari körib çiqadigan huquqbuzarliklarning özidayoq umumiy qiymati 17 milliard tengeden ortiq bölgan 1 millionga yaqin jarima bekor qilinadi.

“Şu tariqa, amnistiya fuqarolarning moliyaviy yukini kamaytirişga xizmat qiladi”, deyiladi Içki işlar vazirligi bayonotida.

Amnistiya barça mahkumlarga tatbiq etilmaydi. Korruptsiya, terrorizm, ekstremizm, jinsiy daxlsizlikka qarşi jinoyatlar, jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar, qiynoqlar, uyuşgan jinoiy guruh tarkibida sodir etilgan jinoyatlar, takroriy va xavfli retsidiv holatlar, şuningdek, umrbod ozodlikdan mahrum etilgan va sirtdan hukm qilingan şaxslar amnistiyadan foydalana olmaydi.

Mamuriy amnistiya ham noqonuniy qurol va giyohvand moddalar muomalasi, mast holda transport boşqariş, qarama-qarşi yönalişga çiqiş hamda haydovçilik guvohnomasidan mahrum etişga sabab böladigan boşqa qöpol yöl harakati qoidabuzarliklariga nisbatan qöllanilmaydi.

“Mamuriy amnistiya davlat axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda amalga oşiriladi va fuqarolardan davlat organlariga murojaat qiliş talab etilmaydi”, deya malum qilgan vazirlik.

Şuningdek, IIV amnistiya bir martalik xususiyatga ega ekanini qayd etgan.

“Qayta huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, amnistiyadan foydalangan şaxslar umumiy tartibda javobgarlikka tortiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 29 iyun kuni Qozoğistonning sakkizinçi çaqiriq deputatlaridan iborat ikki palatali parlamenti rasman öz faoliyatini yakunlagan edi. Qozoğistonning yangi bir palatali parlamenti – Qurultoyga saylovlar joriy yilning 23 avgust kuniga belgilandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: