USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiya janubida jazirama sabab örmon yonğinlari avj oldi

73 марта
Франция жанубида жазирама сабаб ўрмон ёнғинлари авж олди

Frantsiya janubida kuçli şamollar tasirida yuzaga kelgan bir neçta örmon yonğinlarini öçiriş işlari davom etmoqda. Mamlakat sönggi kunlarda Yevropani qamrab olgan jazirama issiq tölqinidan keyin yuzaga kelgan qurğoqçilik oqibatlari bilan kuraşmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Frantsiya Içki işlar vaziri Loran Nunesning malum qilişiça, uçta yirik yonğin qayd etilgan bölib, ulardan ikkitasi Marsel şahri ğarbidagi hududlarda sodir bölgan. Yonğinlar jami 1 210 gektardan ortiq maydonni qamrab olgan.

Eng yirik yonğin Ispaniya bilan çegaradoş Aude departamentida kuzatilgan. U yerda qariyb 900 gektar örmon yonib ketgan. Kuçli şamol 800 nafardan ortiq öt öçiruvçining işini murakkablaştirayotgani aytilmoqda.

Şuningdek, Marsel aeroporti yaqinidagi Ronyak hududida yuzaga kelgan yonğin öçirilgan. Lankon-Provans hududidagi 260 gektar maydonni qamrab olgan yana bir yonğin esa nazorat ostiga olingan. Rasmiylarning sözlariga köra, hodisalar oqibatida qurbonlar qayd etilmagan.

“Reuters” muxbirining xabar berişiça, yonğinlar sabab hududni qalin tutun qoplagan. Marselga qöngan ayrim samolyotlar uçuvçilari yölovçilarni samolyot içidagi hid yonğin tutuni bilan boğliq emasligiga işontirişga majbur bölgan.

Mamlakat şarqidagi Kanndan taxminan 35 kilometr uzoqlikda joylaşgan Var departamentining Frejyus kurort şahrida esa keça, 2 iyul kuni yaqin atrofdagi örmon yonğini sabab olti lagerdan 2 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Frantsiya meteorologiya xizmati kelasi haftada mamlakatda yana kuçli issiq kuzatilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Avvalgi issiq tölqini vaqtida qayd etilgan rekord harorat oqibatida mamlakatda qariyb ming kişi hayotdan köz yumgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Yoqutiston hududida yuz bergan yirik örmon yonğinlari millionlab gektar maydonni qamrab olib, yuzdan ortiq aholi punktini tutun ostida qoldirgandi.

Mumtozbegim Abdumöminova

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: