USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Britaniya arxividan AQŞ Mustaqillik deklaratsiyasining noyob nusxasi topildi

60 марта
Британия архивидан АҚШ Мустақиллик декларациясининг ноёб нусхаси топилди

Buyuk Britaniyaning ğarbiy Londondagi Kyu şaharçasida joylaşgan Milliy arxivida AQŞning Mustaqillik deklaratsiyasi ilk bosma nusxalaridan biri tasodifan topildi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, mutaxassislar uni dunyoda saqlanib qolgan atigi 11 ta nusxadan biri va AQŞ taşqarisida aniqlangan yagona nusxa deb baholamoqda. Topilma arxiv köngillisi Maykl Skarr XVIII asrga oid Britaniya Qirollik dengiz floti hujjatlarini röyxatga olayotgan paytda aniqlangan. U hujjatni oçgaç, birinçi satrlarni darhol tanib qolgan.

“Menimça, buni körişingiz kerak”, degan u rahbariga murojaat qilib. 

Mutaxassislarning aniqlaşiça, hujjat Deklaratsiyaning “Ekseter bosmasi” deb ataluvçi nusxasi bölib, 1776 yil 16–19 iyul kunlari Nyu-Hempşir ştatidagi Ekseter şahrida çop etilgan. Bu davrda Filadelfiyada 4 iyul kuni qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasi haqidagi xabar Amerika mustamlakalari böylab tarqalayotgan edi.

Buyuk Britaniya Milliy arxivi mutaxassisi Grem Murning sözlariga köra, uşbu hujjatning eng muhim jihati uning arxivga qanday kelib qolgani haqidagi töliq tarix saqlanib qolganidir. Hujjat 1776 yil dekabrida Ispaniya sohillari yaqinida Britaniya harbiy kemasi tomonidan qölga olingan Dalton nomli Amerika xususiy harbiy kemasi (privateer) hujjatlari orasidan çiqqan. Boşqa muhim hujjatlar Admiralteylik sudiga yuborilgan bölsa, mazkur Deklaratsiya şunçaki “yana bir hujjat” sifatida qayd etilgan va ikki asrdan ortiq vaqt davomida dengiz arxivida unutilib qolgan.

Tadqiqotçilarning fikriça, kema kapitani Eliezer Jonson uşbu nusxani Nyu-Hempşirdagi Portsmut şahrida sotib olgan bölişi mumkin. U Britaniya tomonidan asirga olingaç ham özini AQŞ fuqarosi deb atagan. Öşa paytda bu Britaniya qirolligiga qarşi xiyonat sifatida baholanardi.

Arxivning huquqiy hujjatlar bölimi rahbari Amanda Bevan kapitan kemada Deklaratsiyani 120 nafardan ortiq dengizçiga ovoz çiqarib öqib bergan bölişi mumkinligini taxmin qilgan.

Hujjatlardan malum bölişiça, Dalton Yevropa suvlarida qölga olingan birinçi Amerika xususiy harbiy kemasi bölgan. Ekipaj tarkibida ingliz, irland, şotland, frantsuz, daniyalik va amerikalik dengizçilar bilan birga Deniyel Kottl ismli ozod qora tanli amerikalik ham bölgan. Tarixçilar bu Amerika inqilobi davrida ozod qora tanlilar har ikki tomonda ham jang qilganini körsatuvçi muhim dalillardan biri ekanini takidlamoqda.

 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: