YeI Navalniyning ölimiga aloqador 6 kişini “qora röyxat”ga tiqdi
Yevropa Ittifoqi Kengaşi Kreml tanqidçisi Aleksey Navalniyning ölimiga sabab bölgan zaharli moddani işlab çiqişda iştirok etgan olti nafar şaxsga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Yevropa Ittifoqiga köra, sanktsiyaga uçragan şaxslarning aksariyati olimlar va tadqiqotçilar bölib, ular kimyoviy qurollar, xususan, Navalniyning vafotidan söng uning tanasidan olingan namunalarda aniqlangan epibatidin moddasini işlab çiqiş bilan boğliq faoliyatda iştirok etgan.
Qayd etilişiça, mazkur zaharli modda Janubiy Amerikadagi zaharli qurbaqalar turida uçraydi va Rossiya hududida tabiiy holda mavjud emas. Rossiya esa Moskva Navalniyni zaharlaganini davo qilayotgan Yevropa davlatlaridan bu ayblovlarni tasdiqlovçi aniq dalillarni taqdim etişni talab qilib kelmoqda.
Malum qilinişiça, sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan şaxslarning aktivlari muzlatiladi va ularning Yevropa Ittifoqi hududiga kirişi taqiqlanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Berlinda Aleksey Navalniy xotirasiga bağişlangan keçada uning bevasi Yuliya Navalnaya eri şarafiga “siyosatçilar va ommaviy taşabbuslar uçun” yillik mukofot tasis etilişini elon qilgandi.