USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qodirovning onasi ham “qora röyxat”ga tuşdi

699 марта

Qodirovning onasi ham “qora röyxat”ga tuşdi 

Buyuk Britaniya Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirova va u boşqaradigan Ahmad Hoji Qodirov nomidagi fondni sanktsiyalar röyxatiga kiritdi. Bu haqdagi röyxat Britaniya hukumatining saytida elon qilindi.


Çeklov qöyilgan şaxslarning aktivlari Buyuk Britaniya hududida muzlatiladi, şuningdek, ularga mamlakatga kiriş taqiqlanadi.
Britaniya hukumati Aymani Qodirovani röyxatga kiritilişining asosiy sababi sifatida – uning fondi va Rossiya hukumati örtasida aloqalar borligini körsatgan. Qirollik uni “jalb qilingan şaxs” deb atagan. 
2022 yilda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Aymani Qodirovani “ijtimoiy faolligi uçun” Faxriy orden bilan mukofotlagan edi. Mukofotni şarhlar ekan, Çeçeniston rahbari uning boşçiligidagi fond jangovar hududlarga muntazam gumanitar yordam yuborib kelayotganini eslatgan. Bu esa Qodirova qöli ostidagi fond Rossiya armiyasini qöllab-quvvatlayotganini körsatadi. 

Öşa yili Qodirovning onasi “Döstlik” ordeni bilan ham taqdirlangan. 
Qodirovadan taşqari sanktsiyalar röyxatiga 11 nafar jismoniy va yuridik şaxs kiritilgan. Ular orasida: 
  • Tatariston boş vazirining örinbosari Laylo Fazliyeva;
  • Federal ösmirlar markazi rahbari Valeriy Mayorov;
  • Rossiya qahramoni, Ahmad Hoji Qodirov nomidagi maxsus politsiya polki qömondoni, harbiy operatsiya iştirokçisi Zamid Çalayev;
  • Tatariston yoşlar işlari vaziri Rinat Sodiqov;
  • sobiq Davlat dumasi deputati, istefodagi militsiya general-leytenanti va Rossiya Federal kontrrazvedka xizmati general-mayori Aleksandr Gurov;
  • Talim vazirligining Bolalar huquqlarini himoya qiliş davlat siyosati departamenti direktor örinbosari Anastasiya Akkuratova ham bor. 
Aymani Qodirova 2024 yilning iyun oyidan beri Yevropa Ittifoqi sanktsiyalari ostida. Qodirov onasining sanktsiyalar röyxatiga kiritilişini uning harbiy operatsiyani faol qöllab-quvvatlaşi bilan boğlab, buni “sovğa” deb atagan. Moskva esa sanktsiyalarni noqonuniy deb hisoblaydi va ularning bekor qilinişini talab qilib kelmoqda. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: