Navalniy qurbaqaning zahri bilan öldirilgan – OAV
14-02-2026, 22:04
446 марта

Navalniy qurbaqaning zahri bilan öldirilgan – OAV
Rossiyalik marhum muxolifatçi Aleksey Navalniyning oila azolari siyosatçi öldirilganidan söng xorijga olib çiqişga muvaffaq bölgan biomateriallarda epibatidin moddasi aniqlandi. Biomateriallarni örgangan bir neçta laboratoriya ekspertlari bir-biridan mustaqil ravişda şunday xulosaga keldi. Bu haqda “The Insider” xabar berdi.Naşr malumotiga köra, biomateriallar örganilgan Buyuk Britaniya, Şvetsiya, Frantsiya, Germaniya va Niderlandiya laboratoriyalari vakillari Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida qöşma bayonot berişni rejalaştirmoqda.
Epibatidin – 1974 yilda kaşf etilgan bölib, u Janubiy Amerikadagi Epipedobates tricolor turiga mansub daraxt qurbaqasining terisidan ajratib olingan, keyinçalik esa suniy yöl bilan sintez qilingan. Bu nikotin va muskarin atsetilxolin retseptorlariga tasir qiluvçi neyrotoksindir. Mazkur retseptorlar oğriq sezgisini uzatiş, harakat va boşqa funktsiyalarda iştirok etadi. “The Insider”ning yozişiça, epibatidin butun tanada uvişiş çaqiradi va tezda töliq falajlikka olib kelişi mumkin. Agar falajlik nafas olişning töxtaşiga sabab bölsa, modda ölimga olib keladi.
“Aleksey Navalniyda kuzatilgan alomatlar haqidagi oçiq manbalardagi malumotlar epibatidinning malum tasiriga mos keladi”, degan “The Insider”ga zaharlaniş paytida Navalniyni davolagan reanimatolog şifokor Aleksandr Polupan.2025 yilning sentyabrida Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya Aleksey Navalniy 2024 yil 16 fevral kuni Harpdagi qutb koloniyasida halok bölganidan söng uning jamoasi biologik material namunalari qölga kiritib, ularni Ğarbning ikki davlati laboratoriyalariga yuborganini malum qilgan (qaysi davlatlar va qaysi laboratoriyalar ekani öşanda aniqlaştirilmagan). Laboratoriyalar tadqiqotni bir-biridan mustaqil ravişda ötkazib, Aleksey Navalniy zaharlanganini tasdiqlagan.
“Men erim zaharlanganiga birinçi kundanoq amin edim, ammo endi bunga dalil bor: Putin Alekseyni kimyoviy qurol bilan öldirdi. Ikki yil davomida puxta iş olib borgan va haqiqatni oçib bergan Yevropa davlatlaridan minnatdorman. Vladimir Putin – qotil. U barça jinoyatlari uçun javob berişi kerak”, deydi Yuliya Navalnaya.