USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin Trampni AQŞ mustaqilligining 250 yilligi bilan tabrikladi

58 марта
Путин Трампни АҚШ мустақиллигининг 250 йиллиги билан табриклади

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ Prezidenti Donald Trampni AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Tabrik maktubida Putin AQŞning taşkil topişi jahon tarixidagi muhim voqea bölganini qayd etib, Rossiya öz vaqtida Şimoliy Amerika mustamlakalarining Buyuk Britaniyadan mustaqillik uçun olib borgan kuraşini qöllab-quvvatlaganini eslatgan.

Şuningdek, Putin Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarda köplab şonli sahifalar bölganini bildirgan. Uning aytişiça, ikki davlat jahon uruşlarida ittifoqçi bölib, insoniyatni natsizm tahdididan xalos etişda muhim rol öynagan.

Rossiya Prezidenti Moskva va Vaşington zamonaviy xalqaro tartibot asoslarini şakllantirişga ham katta hissa qöşganini takidlagan. Uning fikriça, bugungi kunda Rossiya va AQŞ dunyodagi eng yirik yadroviy davlatlar sifatida global xavfsizlik va barqarorlikni taminlaş uçun alohida masuliyatga ega.

“Bugungi kunda Rossiya va AQŞ dunyodagi eng yirik yadroviy davlatlar sifatida global xavfsizlik va barqarorlikni taminlaş uçun alohida masuliyatga ega”, deya qayd etgan Putin.

Putin tabrik söngida Donald Trampga mustahkam soğliq, muvaffaqiyat, AQŞ xalqiga esa tinçlik va farovonlik tilagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakat mustaqilligining 250 yilligiga bağişlangan bayram tadbirlarini Janubiy Dakota ştatidagi Maunt-Raşmor yodgorligida nutq sözlaş bilan boşlagani haqida xabar berilgan edi. U öz çiqişida mamlakatdagi “kommunistik tahdid” haqida gapirib, uni qöllab-quvvatlovçilarni “1776 yil 4 iyul duşmanlari” deb atagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: