USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şahzoda Garri endi Bukingem saroyida qolmaydi

114 марта
Шаҳзода Гарри энди Букингем саройида қолмайди

Endi Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III ning kenja öğli, Susseks gertsogi şahzoda Garri Londonga taşrifi çoğida Bukingem saroyida qolmaydi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi. https://www.thesun.co.uk/royals/39661575/king-harry-no-palace-stay/

Qayd etilişiça, qirol avvalroq Garri, uning rafiqasi Megan Markl hamda farzandlariga Bukingem saroyidan turarjoy taklif qilgan. Uşbu taklif xavfsizlik çoralarini ham öz içiga olgan. Biroq saroy manbalarining bildirişiça, Şahzoda Garri taklifni belgilangan muddatda tasdiqlamagan. Şundan söng unga berilgan taklif bekor qilingan. Xabarga köra, Garri dastlab saroydagi turarjoyni oilasi uçun maqbul emas deb hisoblagan va undan voz keçgan.

Keyinçalik esa Megan hamda farzandlarisiz yolğiz özi Bukingem saroyida qoliş istagini bildirgan. Biroq bu vaqtda zarur tayyorgarlik imkoniyatlari mavjud bölmagani sababli uning sörovi rad etilgan. Şahzoda Garrining matbuot kotibi esa gertsog turarjoy taklifini qabul qilganidan keyin uning bekor qilingani hafsalani pir qiluvçi holat bölganini bildirib, nima sababdan bunday qaror qabul qilingani noaniqligiça qolayotganini aytgan.

Malumotlarga köra, Garri hozirça Buyuk Britaniyaga yolğiz kelmoqda. Uning rafiqasi Megan Markl hamda farzandlari Arçi va Lilibet bu safarda iştirok etmaydi. Bunga avvalroq Şahzoda Garrining davlat hisobidan moliyalaştiriladigan xavfsizlik xizmatini tiklaş böyiça sud davosini yutqazgani sabab bölgani aytilmoqda.

Naşrning yozişiça, qirollik oilasi vakillari kelgusida Garri va uning oilasi Buyuk Britaniyaga taşrif buyurganida ularga qirollik qarorgohidan turarjoy ajratilişi mumkinligini istisno qilmagan.

Malumot uçun, 2020 yilda şahzoda Garri rasman qirollik oialsi vakili vazifalarini bajarişdan voz keçgan. Şundan söng Buyuk Britaniya hukumati uni davlat himoyasidan mahrum qilgan. Garri bunga qarşi çiqib, oilasi xavfsizligini öz hisobidan taminlay olmasligini aytgan va qirollik oilasi bilan bölgan nizolar tufayli xavfsizlik xavflari borligini takidlagan. Uning sözlariga köra, aynan qirollik oilasining bosimi ostida hukumat undan himoyani olib taşlagan.

Eslatib ötamiz, 2025 yilda Britaniya qiroli Çarlz III ning kenja öğli şahzoda Garri qirollik oilasi bilan yaraşişni istayotganini malum qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: