Britaniya şahzodasi Garri ilk bor Kiyevga bordi
12-09-2025, 19:24
118 марта

Britaniya şahzodasi Garri ilk bor Kiyevga bordi
Britaniya şahzodasi Garri bugun, 12 sentyabr kuni ertalab Ukraina hukumati taklifiga binoan elon qilinmagan taşrif bilan Kiyevga bordi.Sasseks gertsogi uruş paytida yaralangan askarlarni tiklaşga yordam beriş niyatida. Uning sözlariga köra, uni Kiyevga “Superhumans” reabilitatsiya markazi rahbari Olga Rudneva taklif qilgan, u aprel oyida Lvovda tanişgan.
“Taxminan ikki oy oldin men tasodifan AQŞda Rudneva bilan uçraşib qoldim va qanday yordam berişimni söradim. U meni kelişga taklif qildi”, deydi Garri.
Superhumans tibbiyot markazi Lvov viloyatida 2023 yilning bahorida oçilgan. Muassasa protezlaş, rekonstruktiv jarrohlik, travmadan keyingi stressni davolaş, uruşdan jabrlangan Ukraina harbiylari va fuqarolarini reabilitatsiya qilişga ixtisoslaşgan. Loyiha xususiy xayriya va xalqaro yordam hisobidan moliyalaştiriladi.
Bu gertsogning Ukraina poytaxtiga birinçi taşrifi.
“Lvovda uruşni deyarli körmaysiz. Bu juda uzoq ğarbda. Uruş keltirgan haqiqiy vayronagarçilikni birinçi marta köramiz”, deydi şahzoda.Şahzoda Garri Ukrainaning Ikkinçi jahon uruşi tarixi muzeyiga taşrif buyurişi, faxriylar bilan uçraşişi va Boş vazir Yuliya Sviridenko bilan muzokaralar ötkazişi kutilmoqda.
Garri va uning rafiqasi Megan Markl 2020 yilda qirollik lavozimini tark etib, Buyuk Britaniyadan Kaliforniyaga köçib ötdi, ammo u xayriya işlarida faol bölişda davom etmoqda. Şahzoda Garri taşabbusi bilan 2014 yildan buyon imkoniyati çeklangan harbiy xizmatçilar örtasida Invictus Games xalqaro sport musobaqasi ötkazib kelinmoqda. Invictus Games fondi harbiy xizmatçilarni reabilitatsiya qiliş uçun sport anjomlari bilan taminlaş orqali Ukrainaga yordam beradi.