Makron Suriyaga taşrif buyurdi
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron keça, 6 iyul kuni Suriyaga taşrif buyurdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu 2024 yilda Prezident Ahmad aş-Şaraa boşçiligidagi isyonçilar Başar Asad hokimiyatini ağdarganidan buyon Yevropa Ittifoqi davlat rahbarining Damaşqqa ilk taşrifi hisoblanadi. Taşrif Ahmad aş-Şaraa rahbarligida Suriyaning geosiyosiy mavqei özgarganini körsatadi. Sobiq “Al-Qoida” qömondoni bölgan Şaraa Asad davrida mamlakatdan uzoqlaşgan Ğarb va Yaqin Şarq davlatlari bilan yaqin aloqalar örnatib, 13 yillik uruş vayron qilgan mamlakatni tiklaşga intilmoqda.
“Men bu yerga Frantsiyaning Suriya xalqiga bölgan sadoqatini tasdiqlaş uçun keldim. Suveren, xilma-xilligini saqlagan va qöşnilari bilan tinç-totuv yaşaydigan Suriya uçun. Birgalikda barqarorlik va tinçlikning yangi sahifasini oçaylik”, deb yozgan Makron X ijtimoiy tarmoğida.
Malum qilinişiça, Damaşq aeroportida uni Taşqi işlar vaziri Asad aş-Şayboni kutib olgan. Taşrifning asosiy mavzularidan biri Suriyani qayta tiklaş böladi. Makronga TotalEnergies va CMA CGM kompaniyalari rahbarlari hamrohlik qilmoqda.
Frantsiya tomonining bildirişiça, Makron erkin, köp millatli va barça jamoalar huquqlarini hurmat qiladigan Suriyani qöllab-quvvatlaşini takidlaydi hamda turli qatlam vakillari bilan uçraşadi.
Eslatib ötamiz, Ahmad aş-Şaraa ötgan yili Frantsiyaga taşrif buyurib, Asad ağdarilganidan keyin Yevropaga birinçi safari doirasida Makron bilan uçraşgan edi. Makron Ğarb sanktsiyalarini bekor qilişni faol qöllab-quvvatlagan yetakçilardan biri bölgan. Sanktsiyalarning katta qismi ötgan yili bekor qilingan.
Frantsiya Prezidenti mamuriyati vakili Makron Şaraaga Suriya heç qanday şaroitda Livanga qöşin kiritmasligi kerakligini oçiq aytganini bildirgan. Uning sözlariga köra, Şaraa ham har qanday iltimos yoki bosimga qaramay bunday qadam taşlamasligini malum qilgan.
Diplomatik manbalarga köra, muzokaralarda terrorizmga qarşi kuraş va diplomatik munosabatlarni yuqori bosqiçga kötariş masalalari muhokama qilinadi. Hozir Frantsiya Suriyada doimiy elçiga emas, balki Beyrutda faoliyat yurituvçi vaqtinçalik işonçli vakilga ega.
Yevropa Ittifoqi 2025 yil may oyida Suriyaga nisbatan iqtisodiy sanktsiyalarning barçasini bekor qilgan. Şu bilan birga, Başar Asadning sobiq mamuriyati va xavfsizlik bilan boğliq ayrim şaxslar hamda taşkilotlarga nisbatan çeklovlar saqlab qolingandi. May oyida YeI Suriya mudofaa va içki işlar vazirliklarini ham öz içiga olgan yettita taşkilotni sanktsiyalar röyxatidan çiqargandi.
2025 yil yanvar oyida Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Asad ağdarilganidan keyin Suriyaga taşrif buyurgan birinçi xorijiy davlat rahbari bölgan. Şu oyda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ham Damaşqqa borgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa aprel oyida Suriyaga taşrifi çoğida Ahmad aş-Şaraa bilan uçraşgan.
Malumot uçun, Frantsiya 1920–1946 yillarda Suriyani Frantsiya mandati ostida boşqargan.