Vaşingtonda Suriyaning yangi bayroği kötarildi
20-09-2025, 17:27
90 марта

Vaşingtonda Suriyaning yangi bayroği kötarildi
Vaşingtondagi Suriya elçixonasi tepasida köp yillar davomida birinçi marta Suriya Arab Respublikasi bayroği yana kötarildi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.Marosimda Suriya taşqi işlar vaziri Asad Hasan al-Şiboniy iştirok etdi, u 2014 yil 18 martda yopilgan elçixona ustiga Suriya bayroğini kötardi.
Vazir mazkur voqeani “tarixiy lahza” deb atadi va bayroqning kötarilişi “Suriyaning qonuniyligi va xalqaro maydondagi diplomatik iştirokining tasdiği” ekanini takidladi.
Qayd etiş joiz, Suriyada ötiş davri hukumati 2024 yil 9 dekabrda, Başar Asad rejimi qulaganidan söng tuzilgan edi. 2025 yil 29 yanvarda mamlakatning eng yuqori qonunçilik organi bölgan Xalq kengaşi tarqatib yuborildi va Vaqtinçalik qonunçilik kengaşiga saylovlar elon qilindi. 2025 yil 29 martda birinçi ötiş davri hukumati öz faoliyatini yakunladi va uning örniga yangi hukumat tuzildi. Ijro hokimiyatini töğridan töğri prezident boşqaradigan tizim joriy qilindi.
2 fevral kuni Ahmad aş-Şara Saudiya Arabistoniga ilk xorijiy taşrifini amalga oşirdi. Mazkur taşrif doirasida u Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi va Boş vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uçraşdi. 3 fevral kuni u Makka şahrida Umra ziyoratini amalga oşirdi. Unga Kaba eşiklari ham oçib berildi. Aş-Şaraning 2-xorijiy safari Turkiyaga böldi. Aş-Şara muzokaralar çoğida hukm surgan ijobiy atmosfera uçun Erdöğanga minnatdorlik bildirib, Turkiya Prezidentini eng qisqa vaqt içida Suriyaga taşrif buyurişga taklif qildi. Qolaversa, aş-Şara 11 aprel kuni ham Turkiyaning Antaliya şahrida Antaliya diplomatiya forumi doirasida (ADF 2025) Prezident Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşgan edi.
7 may kuni Suriyaning yangi muvaqqat rahbari özining birinçi Yevropaga taşrifini Frantsiyadan boşladi va mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron bilan ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan uçraşuv ötkazdi.