Isroil Suriyada nimani közlayotgani oçiqlandi
1-08-2025, 17:52
152 марта

Isroil Suriyada nimani közlayotgani oçiqlandi
Isroil Suriyadagi ayirmaçi kuçlar orqali mamlakatni bölib taşlaşga urinmoqda. Bu haqda Suriya axborot vaziri Hamza al-Mustafo Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligiga bergan intervyusida malum qilgan.Ayni paytda Suriya janubidagi Suvayda viloyatida ayirmaçilik kayfiyatidagi darziy qabilalarining isyoni davom etmoqda. Xususan, Hikmat al-Hajriy boşçiligidagi darziy jamoasi Isroil dastagi bilan hududni Damaşq hukumatidan mustaqil qilişga urinmoqda. Hatto Suvaydani Isroil tarkibiga qöşiş borasida çaqiriqlar ham yangramoqda.
“Isroil Suriyaning yaxlit va barqaror bölişini istamayotir. U mamlakatimizni parokanda va beqaror qilişga qaratilgan siyosatni davom ettirmoqda. Afsuski, tor siyosiy manfaatlarni közlayotgan ayrim içki kuçlar ham Isroil siyosatiga kömak bermoqda”, – deydi Suriya axborot vaziri.
“Hajriy” kabi guruhlarning ayirmaçilik harakatlarini tanqid qilgan Hamza al-Mustafo Suriya hukumati guruhlar emas, balki umummilliy manfaatlarni közlab harakat qilayotganini urğulagan.
Suriya axborot vaziri fikriça, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu qaltis siyosati bilan butun mintaqani xavf ostida qoldirmoqda. Damaşq hukumati vakili Tel-Aviv mamuriyatining Suriyadagi darziylardan mamlakatni parçalaş maqsadida foydalanayotganini ham qoralagan.
Takidlanişiça, suriyalik darziylarning katta qismi Damaşq hukumatini yoqlaydi va Isroilni bosqinçi deb biladi.
Axborot vaziri Hamza al-Mustafo Suvayda viloyatini Suriyadan ajratiş ham tarixiy, ham ijtimoiy jihatdan imkonsiz ekanini urğulagan.
Xabaringiz bor, joriy yil iyul oyida Suvayda viloyatida darziy qurolli guruhlari va hukumat tomonidan qöllab-quvvatlangan badaviy uruğlari örtasida töqnaşuvlar qayta boşlandi.
15-16 iyul kunlari Isroil armiyasi “darziylarni himoya qiliş” davosi bilan Suriya hududiga – harbiy texnikalarga, Suriya mudofaa vazirligi binosiga va mamlakat prezidenti saroyi yonida joylaşgan harbiy obektga zarba berdi.
Isroilning xalqaro huquqqa zid ravişda bergan zarbalari yuzasidan hatto yaqin ittifoqçisi AQŞ ham taşviş bildirdi.
Bu orada Oq uyning aralaşuvi bilan Suriya va Isroil özaro sulhga erişgani elon qilindi.
Ammo Suvayda viloyatida töqnaşuvlar davom etmoqda. Isroil ham Suriya hududiga yangi zarbalarni istisno etmagan.
Tahlilçilarga köra, sönggi vaqtlarda Livan, Falastin, Yaman va Eronga qarşi harbiy harakatlar olib borgan Isroil hukumati Suriyaga nisbatan ham agressiv siyosat yuritmoqda.
Malumot örnida: “Hayat tahrir aş-Şom” guruhi 2024 yil 8 dekabr kuni Başar Asad hokimiyati ağdarilişida muhim örin tutgan edi. Şundan keyin guruh yetakçisi Ahmad aş-Şara Suriyaning amaldagi rahbariga aylandi.
Damaşqda hokimiyat alişgaç, Isroil armiyasi Jölon tepaligi oşa Suriyaga hududiga kirdi. Asad rejimi qulaşi ortidan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Suriya bilan 1974 yilda imzolangan bitim ham öz kuçini yöqotganini iddao qildi va öz harbiylariga Suriya bilan çegara hududi va uni nazorat qiluvçi pozitsiyalarni egallaşni buyurdi.
Isroil sönggi oylarda Suriya böylab önlab aviazarbalar berdi.
Siyosatşunoslar Isroil vaziyatdan foydalanib Suriyani yanada zaiflaştirişga urinmoqda deb hisoblaydi.
Yaqinda esa Isroil davlatining diaspora masalalari böyiça vaziri Amixay Çikli Suriya prezidenti Ahmad aş-Şarani öldirişga çaqirgandi.
Suriya tomoni Isroil armiyasining aviazarba va hujumlariga javob qaytarmayotir.