Meksikada harbiylarga hujum qilgan 10 nafar qurolli hujumçi öldirildi
Meksikaning Sinaloa ştatida dam oliş kunlari ötkazilgan xavfsizlik amaliyoti davomida suv toşqini xavfini kuzatayotgan dengiz kuçlari xodimlariga qilingan hujumdan söng 10 nafar qurolli hujumçi yöq qilindi, yana 3 kişi qölga olindi. Bu haqda keça, 6 iyul kuni Meksika dengiz floti xabar qildi.
Bayonotga köra, harbiylar El Rosario munitsipalitetida portlovçi qurilma yordamida amalga oşirilgan dastlabki hujumga uçragan. Keyinroq xavfsizlik kuçlariga qarşi ikkinçi hujum uyuştirilgan, ammo javob zarbasi natijasida 10 nafar hujumçi öldirilgan.
Qayd etilişiça, dastlabki hujumda 3 nafar dengizçi jarohatlangan. Rasmiylar malumotiga köra, ulardan biri vafot etgan, qolgan ikki nafarining hayotiga xavf yöq.
Hujum vaqtida dengiz floti xodimlari yomğirlar mavsumi oldidan aholini öz vaqtida ogohlantiriş maqsadida daryolar va suv omborlarida suv sathining keskin kötarilişini kuzatayotgan bölgan.
Bildirilişiça, qölga olingan 3 nafar gumonlanuvçiga nisbatan jinoyat işini qözğatiş uçun ular prokuraturaga topşirilgan. Amaliyot Sinaloa ştatida xavfsizlik çoralari sezilarli darajada kuçaytirilgan bir vaqtda ötkazilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 may kuni Mali poytaxti Bamako şahridagi qişloqlarga uyuştirilgan terroristik hujum oqibatida önlab insonlar xalok bölgan edi.