USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Turkiyada. Uni Erdöğan kutib oldi

104 марта
Трамп Туркияда. Уни Эрдўған кутиб олди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp bugun, 7 iyul kuni Turkiya poytaxti Anqarada ötadigan NATO sammitida iştirok etiş uçun mamlakatga yetib bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Trampni samolyot trapi oldida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning şaxsan özi kutib olgan. Şundan söng AQŞ Prezidenti uni kutib olgan turk harbiylari bilan ham salomlaşgan.

Oq uy matbuoti malumotiga köra, kutib oliş marosimida AQŞning Turkiyadagi elçisi Tom Barrak, AQŞning NATOdagi doimiy vakili Mett Uitaker hamda AQŞ Qurolli kuçlari ştab boşliqlari qömitasi raisi general Den Keyn ham iştirok etgan.

Malum qilinişiça, Tramp özini kutib oliş uçun saf tortgan faxriy qorovulga qarata turk tilida “Merhaba asker!” (“Salom, askar!”) deb aytgan.

Trampning Anqaraga taşrifi Vaşington bilan NATO örtasidagi munosabatlar, xususan, Trampning alyansga azo davlatlarni mudofaa xarajatlarini yetarli darajada oşirmayotgani uçun tanqid qilişi fonida amalga oşmoqda.

Avval xabar berilganidek, Tramp Turkiyaga yetib kelişidan oldin NATO bir neça milliard AQŞ dollarilik yangi harbiy loyihalarni elon qilgandi. Alyans Boş kotibi Mark Ryutte bu mablağlarni “örinli sarflangan pul” deb baholagan.

Malumot örnida, Tramp sammit doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşişi rejalaştirilgan. Bu ularning Frantsiyada bölib ötgan “Katta yettilik” (G7) sammitidan keyingi uç hafta içidagi ikkinçi uçraşuvi böladi. Öşa uçraşuvdan keyin Tramp Rossiya uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişişi kerakligini aytgan edi.

Şuningdek, Tramp Suriya Prezidenti Ahmad aş-Şaraa bilan ham uçraşadi va ertaga, 8 iyul kuni Vaşingtonga qaytişidan oldin matbuot anjumani ötkazadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: