Rossiya Kiyevga yana raketa hujumi uyuştirdi
Ukraina poytaxti Kiyev bugun, 9 iyulga ötar keçasi Rossiyaning raketa hujumiga uçradi. Hujum oqibatida yonğinlar yuz berib, kamida ikki kişi jarohatlangan. Bu haqda Kiyev şahar meri Vitaliy Kliçko Telegram orqali malum qildi.
Qayd etilişiça, zarbalar Dnepr daryosining ikki qirğoğida joylaşgan hududlardagi omborxona va turar joy bölmagan binoda yonğin çiqişiga sabab bölgan. Merning aytişiça, ikki kişi jarohat olgan bölib, ulardan biri şifoxonaga yotqizilgan.
Havo hujumi xavfi haqidagi ogohlantiriş taxminan bir soat davom etgan. Şuningdek, keçqurun Rossiyaning mamlakat janubidagi Odessa portiga uyuştirgan raketa hujumi natijasida 10 kişi jarohatlangan. Bu haqda Odessa viloyati gubernatori Oleg Kiper malum qilgan.
Uning sözlariga köra, jabrlanganlarning sakkiz nafari şifoxonada davolanmoqda.
Eslatib ötamiz, 6 iyul kuni Ukraina Rossiyaning eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri Omskka zarba bergan edi.