Xitoy raqobati sabab Germaniya avtosanoati jar yoqasidami?
Xitoy va boşqa raqobatçilar bosimi kuçayib borayotgan bir paytda qatiy çoralar körilmasa, Yevropa avtosanoatida iş örinlari keskin qisqarişi mumkin. Bu haqda Germaniya Avtomobil sanoati assotsiatsiyasi (VDA) bayonot berdi.
Assotsiatsiya bayonotida jamiyat va işçilar “jasoratli qarorlar” qabul qilinişi zarurligini tan olişi lozimligi takidlangan. Hujjatda ayrim avtomobil zavodlarini xorijlik investorlar yoki işlab çiqaruvçilarga topşiriş ham iş örinlarini saqlab qoliş yöllaridan biri bölişi mumkinligi qayd etilgan.
“Haqiqat siyosiy maqsad va yondaşuvlardan özib ketdi, bu esa iş örinlarini tobora köproq xavf ostiga qöymoqda. Iqtisodiy inqiroz butun Yevropa sanoatiga tasir qilmoqda. Buning oqibatlari har kuni körinib turibdi va tobora jiddiy tus olyapti.
Bu tarzda barça zavodlar va yetkazib beruvçilarni saqlab qololmaymiz. Şuning uçun, masalan, uşbu işlab çiqariş maydonlarini xorijiy kompaniyalarga oçişimiz kerak. Saqlab qolingan har bir zavod iş örinlarini ham saqlab qoladi.
Imkoniyatlar kamaydi, ammo ularni amalga oşiriş har qaçongidan ham muhim. Germaniya va Yevropa jasoratli qarorlarni talab qiladigan vaziyatda turibdi. Bu odamlar uçun katta özgarişlar, köp yillik odatlar va davlat endi taminlay olmaydigan ayrim imtiyozlardan voz keçişni ham anglatadi”, degan VDA prezidenti Hildegard Myuller.
Avtomobil sanoati Germaniya iqtisodiyotining asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi. Volkswagen, Mercedes-Benz va BMW kabi kompaniyalar bilan birga tarmoqda töğridan töğri va bilvosita taxminan 3 million kişi mehnat qiladi. Şu bois sohadagi vaziyat butun Yevropa sanoati salomatligining muhim körsatkiçi sifatida qaraladi.
Boston Consulting Group ötgan oy elon qilgan hisobotga köra, Yevropa avtomobilsozligi önlab yillar davomida kuçli taminot zanjirlari, yuqori malakali işçi kuçi va yirik işlab çiqariş hajmiga tayanib kelgan bölsa, bu barqarorlik hozir tubdan özgargan.
Hisobotda Yevropadagi işlab çiqariş quvvatlari talabdan yiliga 5 milliondan ortiq avtomobil miqdoriga oşib ketgani, bu esa qita böylab taxminan 35 ta zavod quvvatiga teng ekani aytilgan. Sönggi ikki yilda asosiy etibor Xitoydagi ortiqça işlab çiqariş quvvatlariga qaratilgan bölsa, VDA Yevropa bozorida avtomobil xaridlari ham sezilarli kamayib borayotganini takidlagan.
Malumotlarga köra, Volkswagen 2030 yilgaça xarajatlarni qisqartiriş dasturi doirasida 100 minggaça iş örnini qisqartirişni rasman taklif qilişga tayyorlanmoqda. Bu avval rejalaştirilgan qisqartirişlardan ikki barobar köp bölib, bir neçta zavodlarni qisqartiriş yoki yopişni ham öz içiga oladi.
Bu rejalar ertaga, 9 iyul kuni Volfsburgda bölib ötadigan kompaniya kuzatuv kengaşi yiğilişida muhokama qilinadi. Kasaba uyuşmasi IG Metall esa Volkswagen’ning barça korxonalarida norozilik tadbirlari ötkazilişini elon qilgan. Namoyişlar Emden, Tsvikkau, Gannover va Kassel şaharlarida rejalaştirilgan.
“Die Zeit” naşri malumotiga köra, şunga öxşaş aktsiyalar Porsçe, Audi hamda yuk maşinasi va avtobus işlab çiqaruvçisi MAN korxonalarida ham ötkazilişi kutilmoqda.
VDA Germaniya va Yevropa Ittifoqi rahbarlarini biznes modellari özgarayotgan bir paytda zavodlarni siyosiy qarorlar bilan himoya qilib bölmasligini tan olişga çaqirgan.
“Bu voqelikka köz yumiş jamiyat uçun oğir oqibatlarga olib keladi. Bu qarorlar oson emas va barça manfaatdor tomonlar bilan muloqot orqali qabul qilinişi kerak. Ular barçamizdan özgarişlarga tayyor bölişni talab qiladi”, deyiladi bayonotda.
Eslatib ötamiz, avvalroq premium-klassdagi avtomobillarni yiğişga ixtisoslaşgan Germaniyaning eng yirik avtokontsernlaridan biri Mercedes-Benz harbiy texnikalar işlab çiqarişni boşlaşi mumkinligi haqida xabar berilgan.