Xitoyda suv ombori yorilib ketdi. Kamida 39 kişi halok böldi
Xitoyning Guansi provintsiyasida joylaşgan Liulan suv omborining yorilişi natijasida kamida 39 kişi halok böldi. Bu haqda hukumat malumotlariga tayanib, “Sinxua” xabar berdi.
“9 iyul tuş paytiga qadar Guansi provintsiyasining Nannin şahrida yuz bergan suv toşqini va Liulan suv omborining yorilişi oqibatida halok bölganlarning umumiy soni 39 nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, ayni paytda yana töqqiz kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Vaziyatni suv toşqinlarini nazorat qiliş va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatiş xizmati kuzatib bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Xubey provintsiyasida yuz bergan 2 ta tornado oqibatida 11 kişi halok bölgani, yana bir kişi bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan edi.