Anqarada NATO tarixidagi eng qisqa deklaratsiya qabul qilindi
Keça, 8 iyul kuni Turkiya poytaxti Anqarada NATO sammiti öz yakuniga yetdi. Alyansga azo mamlakatlar yetakçilari çraşuv yakunlariga köra, bor-yöği oltita banddan iborat deklaratsiyani qabul qildi. Bu NATO tarixidagi eng qisqa deklaratsiya böldi. Bu haqda alyansning rasmiy saytida xabar berildi.
Deklaratsiyada NATO Rossiyani uzoq muddatli tahdid deb atagan, Ukrainaga 2026 yilda 70 milliard yevro ajratişga vada berilgan hamda 50 milliard dollarlik yangi harbiy şartnomalar imzolangani elon qilingan. Şuningdek, hujjatda Ukrainaning Şimoliy Atlantika alyansiga azo böliş istiqbollari haqida heç qanday eslatma mavjud emas.
Bundan taşqari, yakuniy hujjatda ilk bor keyingi sammitning sanasi va joyi körsatilmagan. Matnda Turkiyaga mehmonnavozlik uçun minnatdorlik bildirilgan va alyans yetakçilarining navbatdagi uçraşuviga umid qilinişi aytilgan, xolos.
Hujjatning alohida bölimi Yaqin Şarqqa bağişlangan. NATO yetakçilari Eron, ularning fikriça, yadroviy qurolga ega bölmasligi kerakligini yana bir bor bayon qilgan, şuningdek, Tehronni Hormuz böğozida kemalar qatnovi erkinligini taminlaşga çaqirgan.
Alyans davlatlari, şuningdek, yevropalik ittifoqçilar va Kanada 2025 yilda asosiy mudofaa ehtiyojlari uçun xarajatlarni 139 milliard dollardan köproqqa oşirganini malum qilgan. Sammitda, şuningdek, 50 milliard dollarlik yangi harbiy şartnomalar tuzilgan, NATO davlatlari esa birgalikda işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va mudofaa sohasida yangi texnologiyalarni joriy etişni tezlaştirişga kelişib olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Turkiyada bölib ötgan NATO sammitida qabul qilingan Ukrainaga harbiy yordam va jamoaviy mudofaa böyiça qarorlarni keskin qoralab, ular “falokatli oqibatlarga” olib kelişi mumkinligini bildirgandi.