NATO davlatlari Ukrainaga 70 mlrd dollar ajratadi
NATO davlatlari 2026 yil yakuniga qadar Ukrainaga harbiy texnika yetkazib beriş va harbiylarni tayyorlaş uçun 70 milliard dollar ajratişga vada berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Anqaradagi sammit yakunlari böyiça qabul qilingan deklaratsiyaga köra, 2027 yilda ham harbiy yordam hajmi kamaytirilmaydi.
Qayd etilişiça, deklaratsiya olti banddan iborat. Unga köra:
- NATO davlatlari alyans nizomining 5-moddasiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan. Unga köra, alyansning bir davlatiga qilingan hujum barça azo davlatlarga qilingan hujum hisoblanadi.
- NATOning Yevropadagi azolari va Kanada 2025 yilda mudofaa xarajatlarini 139 milliard dollardan ortiqqa oşirgan. Şuningdek, 50 milliard dollardan ziyod yangi harbiy xaridlar amalga oşiriladi va qöşma işlab çiqariş quvvatlari kengaytiriladi.
- NATO davlatlari mudofaa tizimida suniy intellekt modellarini joriy etadi. Deklaratsiyada alyans mudofaasi yadroviy, ananaviy, raketalarga qarşi, kosmik va kiber imkoniyatlarga tayanişi qayd etilgan.
- NATO Ukrainaga körsatiladigan harbiy yordam adolatli, oldindan rejalaştiriladigan va uzoq muddat davom etadigan bölişi kerakligini bildirgan. Hujjatga köra, bu yordamning asosiy qismini NATOning Yevropadagi azolari va Kanada taminlaydi.
- Eron heç qaçon yadroviy qurolga ega bölmasligi kerak. NATO mamlakatlari Eronni “Hormuz böğozida kemalar harakati erkinligini töliq hurmat qilişga” çaqirgan.
- NATO davlatlari Turkiyaga sammitga mezbonlik qilgani uçun minnatdorlik bildirgan va navbatdagi uçraşuvni intiqlik bilan kutayotganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimi uçun tutib qoluvçi raketalarni işlab çiqariş litsenziyasini berişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.