Trampga hisobot: NATO sammitni qurol-yaroğ şartnomalari namoyişidan boşladi
Bugun, 7 iyul kuni NATO yetakçilari Turkiyadagi sammitni önlab milliard AQŞ dollarlik qiymatdagi qurol-yaroğ şartnomalarini elon qiliş bilan boşladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Naşrga köra, bu orqali ular AQŞning Yevropa mudofaasi uçun köproq mablağ ajratiş çaqiriqlariga amal qilayotganini Prezident Donald Tramp iştirokida ötadigan sammit oldidan namoyiş etmoqçi.
Malum qilinişiça, poytaxt Anqaradagi mudofaa sanoati forumida musiqa va taqdimot videolari ostida NATO Boş kotibi Mark Ryutte bir qator yangi taşabbuslarni elon qilgan. U NATOga azo davlatlar vakillarini sahnaga taklif qilgan va imzolangan kelişuvlarning umumiy qiymati ekranda namoyiş etilgan.
“Biz birgalikda harakat qilganimizda yanada köproq iş qila olamiz va aynan şuni qilişimiz kerak. NATO ittifoqçilari yangi köp millatli qöşma xarid koalitsiyalariga qöşilmoqda. Bu bizga turli yönalişlarda zarur imkoniyatlarni yanada köproq taminlaşga yordam beradi”, degan Ryutte.

Sammitda katta tasir qoldiriş maqsadida şu paytgaça maxfiy saqlangan kelişuvlar qatorida Yevropa davlatlarining AQŞning Northrop Grumman kompaniyasidan kuzatuv dronlarini xarid qilişi hamda NATOning Şvetsiyaning Saab kompaniyasidan samolyotlar sotib olişi ham bor.

Ryuttening aytişiça, NATO mamlakatlari keyingi beş yil içida dronlarga qarşi mudofaa tizimlariga 40 milliard AQŞ dollaridan ortiq mablağ sarflaydi.
Bu elonlar Trampning Yevropani mudofaa xarajatlarini yetarli darajada oşirmayotgani va xavfsizlik masalasida NATO orqali AQŞga ortiqça tayanayotgani haqidagi tanqidlarini yanada dolzarblaştirgan. Tramp ham Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi videomurojaatida Yevropa öz mudofaasi uçun köproq mablağ sarflaşi lozimligini yana bir bor takidlagan.
Ryutte Yevropa davlatlaring Rossiyadan xavotirlar kuçaygani va Trampning “juda qatiy” çaqiriqlari tasirida mudofaa xarajatlarini “misli körilmagan darajada” oşirganini aytgan. Uning malum qilişiça, NATOning Yevropa azolari va Kanada 2025 yilda mudofaa uçun 2024 yilga nisbatan real hisobda 90 milliard AQŞ dollaridan köproq mablağ sarflab, umumiy xarajatlarni 570 milliard AQŞ dollaridan oşirgan. Bu qariyb 20 foizlik ösişni anglatadi.
Manbaga köra, sammit yakunida NATO azolari Ukrainaga qöllab-quvvatlovini yana bir bor tasdiqlaşi va 2026 yil uçun 70 milliard yevro (80 milliard AQŞ dollari) miqdorida yordam ajratişga vada berişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq “The New York Times” tört nafar yuqori lavozimli mamuriyat rasmiysiga tayanib, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga Anqarani F-35 beşinçi avlod qiruvçi samolyotlari dasturiga qayta qöşişga tayyorligini malum qilişi kutilayotganini bildirgandi.