Germaniyada jazirama qurbonlari 5 mingdan oşdi
Germaniyada 2026 yil boşidan buyon kuçli jazirama sababli taxminan 5 120 kişi vafot etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ölim holatlarining asosiy qismi iyun oyi oxirida, haftalik örtaça havo harorati 20 darajadan oşgan davrda qayd etilgan. Qurbonlarning qariyb 4 270 nafari 75 yoş va undan katta bölgan. Malumotlarga köra, ayollar orasidagi ölim holatlari erkaklarga nisbatan köproq, sababi keksalarning katta qismini ayollar taşkil qiladi.
Yevropa Ittifoqining Kopernik iqlim özgarişi xizmati Ğarbiy Yevropada joriy yilning iyun oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun bölganini aytmoqda.
Germaniyada issiqlik bilan boğliq eng köp ölim 2018 va 2019 yillarda kuzatilgan bölib, öşa vaqtda 8 400 va 6 900 kişi vafot etgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada joriy yilning 22-28 iyun kunlari kuzatilgan kuçli jazirama davrida mamlakat böylab 2 025 ta ölim qayd etilgani haqida malumot berilgandi.