Filippinda köçkilar 15 kişining umriga zomin böldi
Filippinning janubiy qismida yuz bergan köçkilar oqibatida kamida 15 kişi halok böldi. Mutaxassislar bu sönggi ön yillikdagi eng kuçli böronlardan biri bölgan “Bavi” tayfuni keltirib çiqargan köçkilar ekanini aytmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, Filippinning Mindanao orolida “Bavi” tayfuni tasirida kuzatilgan kuçli yomğirlar sabab yuz bergan köçkilar vaqtida ayrim oilalar tuproq ostida qolgan. Qutqaruvçilar bedarak yöqolganlarni izlaş işlarini davom ettirmoqda.
Ayni vaqtda “Bavi” tayfuni Tinç okeani orqali Tayvan tomon harakatlanmoqda. Tayfunning kengligi qariyb 1000 kilometrni taşkil etib, bu Frantsiya hududining kengligiga teng degani.
Prognozlarga köra, böron Tayvanning şimoliy va şarqiy hududlari, Yaponiyaning ayrim orollari hamda keyinçalik Xitoyning janubi-şarqiy qismiga tasir qilişi mumkin. Tayvan rasmiylari “Bavi” 1 metrgaça yoğingarçilik keltirib çiqarişi ehtimoli borligini malum qilgan.
Tayfun xavfi sabab mintaqadagi önlab aviaqatnovlar bekor qilingan, maktablarda darslar töxtatilgan. Aholi oziq-ovqat va zarur buyumlarni zaxiralaşga kirişgan.
Tayvanda böron oqibatlarini bartaraf etiş uçun qariyb 29 ming nafar harbiy xizmatçi şay holatga keltirilgan. Mutaxassislar “Bavi” 1987 yildan beri orolga yaqinlaşayotgan eng kuçli böronlardan biri bölişi mumkinligini aytmoqda.
Yaponiyaning ayrim hududlarida ham favqulodda çoralar körilmoqda. Sakişima orollari aholisi uy va dökonlarini mustahkamlaşga kirişgan, aviakompaniyalar esa yuzlab reyslarni bekor qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Xubey provintsiyasida yuz bergan 2 ta tornado oqibatida 11 kişi halok bölgani haqida xabar berilgandi.