113 mamlakat talimdan köra köproq qarz tölaşga pul ajratyapti – UNESCO
BMTning Talim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (UNESCO) hukumatlar va xalqaro moliyaviy taşkilotlarni talimni moliyalaştiriş inqirozini yumşatiş maqsadida talim uçun qarzni almaştiriş mexanizmidan kengroq foydalanişga çaqirdi. Bu haqda bugun, 10 iyul kuni UNESCO Parijda bölib ötgan global talim sammitida qarzni almaştiriş böyiça yangi tavsiyalarini taqdim etdi.
Taşkilotning qayd etişiça, uşbu mexanizm qarz yuki oğir bölgan mamlakatlarga çeklangan moliyaviy resurslarni maktablar, öqituvçilar tayyorlaş va öquvçilarni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriş imkonini beradi.
Talim uçun qarzni almaştiriş mexanizmi mamlakatlarga yuqori foizli qarzlarni qayta moliyalaştiriş yoki sotib oliş va şu orqali tejalgan mablağlarni talim sohasiga yönaltiriş imkonini yaratadi.
Sönggi vaqtlarda Jahon banki ham bunday kelişuvlarni qöllab-quvvatlay boşlagan. UNESCO ikki tomonlama hamkorlik misollarini ham keltirgan. Jumladan, 2023 yilda Frantsiya va Kot-d'Ivuar örtasida tuzilgan kelişuv mamlakatda 30 dan ortiq maktab qurilişini moliyalaştirişga yordam bergan. Ispaniya va Peru örtasidagi dastur esa ön yil davomida 50 ta talim loyihasini moliyalaştirgan.
UNESCO murojaati talim byudjetlariga bosim ortib borayotganini körsatuvçi yangi tadqiqotlar fonida yangradi. Taşkilot malumotlariga köra, 6,1 milliard aholi istiqomat qiladigan 113 ta davlat qarzlarga xizmat körsatiş uçun talimdan köra köproq mablağ ajratmoqda. Daromadi past mamlakatlarda davlat qarzlariga tölovlar talim xarajatlaridan qariyb tört baravar yuqori. Eng katta qarz yukiga ega bölgan 18 ta mamlakatda esa bu körsatkiç talim byudjetidan kamida beş baravarga oşgan.
UNESCO, şuningdek, talim sohasiga xalqaro yordam qisqarayotganidan ham ogohlantirgan. Taşkilotning Global Education Monitoring Report hisobotiga köra, 2023-2027 yillar oraliğida talimga ajratiladigan global yordam hajmi 30 foizgaça kamayişi mumkin.
2024 yilda talim sohasiga ajratilgan xalqaro yordam ötgan yilga nisbatan 8 foizga qisqargan. Boşlanğiç talimni moliyalaştiriş esa 15 foizga kamaygan. Daromadi past va örtadan past mamlakatlar 2023 yilda olgan talim yordamining allaqaçon 21 foizini yöqotgan. Afğoniston, Liberiya, Mali va Nigerda bu qisqariş 40 foizdan oşgan.
UNESCO malumotlariga köra, talimning umumiy rivojlaniş yordamidagi uluşi 2024 yilda 7,5 foizni taşkil etgan bölib, bu sönggi yigirma yildagi eng past körsatkiçdir. Taşkilot hisob-kitobiga köra, daromadi past va örtadan past mamlakatlarda talimni moliyalaştiriş böyiça yillik yetişmovçilik 97 milliard AQŞ dollarini taşkil qiladi.
“Talim – mamlakatlar amalga oşirişi mumkin bölgan eng qudratli investitsiyadir, ammo u muntazam ravişda yetarli darajada moliyalaştirilmayapti”, degan UNESCO Boş direktori Xalid al-Enaniy.
U talimni moliyalaştirişning innovatsion mexanizmlarini kengaytiriş uçun siyosiy qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga çaqirgan.
Uşbu xulosalar BMTning 2030 yilgaça barça uçun inklyuziv va sifatli talimni taminlaş maqsadida erişilgan natijalarni baholaş uçun vazirlar, taraqqiyot banklari va xalqaro taşkilotlar vakillarini jamlagan Transforming Education Summit+4 sammitida elon qilingan.