USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bin Lodin AQŞ agenti bölgan – rossiyalik mulozim

133 марта
Бин Лодин АҚШ агенти бўлган – россиялик мулозим

Rossiya va AQŞ prezidentlarining kelişuviga binoan Federal xavfsizlik xizmati (FXX) va Markaziy razvedka byurosi (MRB) Usoma bin Lodinni yöq qiliş böyiça hamkorlikdagi operatsiyani tayyorlagan. Bu haqda Rossiya Prezidenti yordamçisi, Dengiz hayati raisi Nikolay Patruşev “Vesti” jurnalisti Natalya Litovkoga bergan intervyusida gapirdi.

Uning sözlariga köra, Rossiya maxsus xizmati kelişuvning öz zimmasidagi qismini bajargan, ammo amerikaliklar bajarmagan.

“Har bir xizmatning öz roli bor edi: bir tomondan MRB, ikkinçi tomondan FXX. Ular bizdan u joylaşgan yerga mayoq örnatib berişimizni söraşdi. Özlari esa zarba berib, uni yöq qilişlari kerak edi. Kelişuv mana şunday bölgan. Ularning bizning bu vazifani uddalay olmasligimizga, işonçi komil edi. Biz vazifani bajardik… Biroq ular jurat qila olişmadi, zarba berişmadi”, deydi Patruşev.

MRB direktori keyinçalik nima sababdan operatsiya barbod bölganiga biror-bir tuşuntiriş bera olmagan.

“Ammo biz u ularning agenti ekanini va malum vaqtgaça undan foydalanişganini yaxşi bilamiz. U maxsus xizmatlar faoliyatiga şunçaki doğ tuşirib, ularga xalaqit bera boşlagan paytda esa uni yöq qilişdi”, deya qöşimça qilgan Patruşev.

Malumot uçun, Usoma bin Lodin – “Al-Qoida” xalqaro terroristik taşkiloti asosçisi va sobiq rahbari bölib, 2001 yilning 11 sentyabrida Nyu-Yorkdagi egizak minoralar portlatilgan yirik terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan. AQŞ hukumati rasmiy versiyasiga köra, bin Lodin 2011 yilning 2 may kuni Pokistonning şimoli-ğarbida joylaşgan Abbottobod şahridagi villada maxsus operatsiya davomida yöq qilingan. “Al-Qoida” ham uşbu malumotni tasdiqlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya hukumati “Al-Qoida”ning sobiq rahbari Usoma bin Lodinning öğli Omarga mamlakat hududiga kirişni rasman taqiqlagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: