AQŞ Eronga ketma-ket uçinçi tungi hujumlarini uyuştirdi
AQŞ harbiylari Prezident Donald Tramp topşiriği bilan boşlangan Eronga qarşi ketma-ket uçinçi tungi hujum zarbalar yakunlanganini bildirdi. Bu haqda AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmoğida bayonot berdi.
Qayd etilişiça, beş soat davom etgan amaliyot çoğida Buşehr, Çahbahor, Jask, Konarak, Abu Muso va Bandar Abbosdagi harbiy nişonlar muvaffaqiyatli nişonga olinganini malum qilgan. Bu Prezident Donald Tramp Eron kemalariga nisbatan blokadani qayta joriy etişini va Hormuz böğozini qöriqlaş uçun 20 foizlik tölov joriy etişni taklif qilgani ortidan Eronga qarşi ketma-ket uçinçi tungi hujum böldi.
Eron Qurolli kuçlari yagona qömondonligi AQŞ Hormuz böğozining kelajagini belgilaşda heç qanday rol öynamasligi va bu jarayonga aralaşişiga yöl qöyilmasligini bildirgan. Eron hafta oxirida strategik ahamiyatga ega Hormuz böğozini yopayotganini elon qilgan edi.
Malumot uçun, Eron uruşi 28 fevral kuni AQŞ va Isroilning Eronga hujumlari bilan boşlangan. Şundan söng Eron Isroil hamda AQŞ harbiy bazalari joylaşgan Fors körfazi davlatlariga zarbalar bergan.
Uruş davomida AQŞ va Isroilning Eronga, şuningdek Isroilning Livanga qilgan hujumlari minglab odamlar halok bölişiga va millionlab insonlar öz uyini tark etişiga sabab böldi. Mojaro jahon neft narxlarining keskin ösişiga va xalqaro moliya bozorlarida beqarorlik kuçayişiga ham olib keldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ harbiylari Hormuz böğozidagi keskinlik kuçayişi ortidan Eronga qarşi yangi hujumlar boşlagan edi. Prezident Donald Tramp uşbu hujumlarga Eron kuçlarini javobgarlikka tortiş maqsadida şaxsan körsatma bergandi.