AQŞ Trampning buyruği bilan Eronga yangi zarbalar berdi
AQŞ harbiylari Hormuz böğozidagi keskinlik kuçayişi ortidan Eronga qarşi yangi hujumlar boşladi. Bu haqda AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) xabar berdi.
Qömondonlikning malum qilişiça, keça, 12 iyul kuni soat tunda Eronning Hormuz böğozi orqali harakatlanayotgan fuqarolik va tijorat kemalariga tahdid soliş imkoniyatlarini çeklaş maqsadida yangi zarbalar boşlangan. CENTCOM bayonotida Prezident Donald Tramp uşbu hujumlarga Eron kuçlarini javobgarlikka tortiş maqsadida şaxsan körsatma bergani qayd etilgan. ar ekan:
“Biz ularni qattiq zarbaga tutyapmiz”, degan Tramp dam oliş kunlaridagi hujumlarga izoh berib.
Eron esa javob tariqasida mintaqada AQŞ harbiy bazalari joylaşgan davlatlarga hujum qilgan. Iordaniya armiyasi Eron tomonidan uçirilgan törtta raketani yöq qilganini malum qilgan. Quvayt Qurolli kuçlari ham Eronning Fors körfazidagi AQŞ manfaatlariga qarşi zarbalari vaqtida “duşmanona havo nişonlari”ga qarşi harakat qilayotganini bildirgan.
Bu hujumlar Eronning dunyo energetikasi uçun muhim hisoblangan Hormuz böğozidagi kema qatnovi ustidan nazoratni kuçaytirişga urinişi ortidan yuz berayotgan özaro zarba almaşinuvining navbatdagi bosqiçi böldi. Biroq bu galgi hujumlar kölami va surati ança kengaygani takidlanmoqda.
CENTCOM malumotiga köra, faqat 11 iyul keçasining özida Eron hududida taxminan 140 ta zarba amalga oşirilgan. Şu bilan birga, ayrim kemalar Hormuz böğozi orqali harakatlanişda davom etayotgani bildirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp agar Eron unga suiqasd uyuştirişga urinsa, Qöşma Ştatlar misli körilmagan zarba bilan javob qaytarişini malum qilgandi. Tramp 1 000 ta raketa uçirişga tayyor va Eron Islom Respublikasiga qaratilganini aytgandi.