Sulhga qaramay, AQŞ va Eron raketa zarbalari almaşdi
AQŞ Eronga yangi raketa zarbalari berdi, Eron ham javob qaytardi. Bu haqda har ikki mamlakat harbiy idoralari xabar berdi.
AQŞ Markaziy qömondonligi bayonotida aytilişiça, uşbu zarbalar Eronning Hormuz böğozidagi “tijorat kemalari qatnoviga qarşi davom etayotgan agressiyasi”, xususan, ikkita savdo kemasiga uyuştirilgan dron hujumlariga javob bölgan.
Qöşma Ştatlar bayonotiga köra, “harbiy kuzatuv obektlari, Havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimi va dronlar omborlari” zarbalar nişoniga aylangan.
“Eronga öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvni bajariş imkoniyati berilgan edi, biroq u buni qilmaslikni lozim topdi”, deyiladi bayonotda.
Harbiylarning bildirişiça, Hormuz böğozi orqali tijorat kemalarining harakati davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, bu Eron va AQŞ tomonidan sönggi bir sutka içida amalga oşirilgan ikkinçi zarbalar almaşinuvi seriyasi. Zarbalarning qayta “tiklanişi” Eronning tijorat kemasini öqqa tutişi bilan boşlandi, AQŞ bunga javoban Erondagi bir neçta nişonni urdi, Eron esa şundan söng AQŞning Bahrayndagi obektlariga zarba berdi va Hormuzdagi tankerni öqqa tutdi.