Sulh buzildi: Eron Hormuzdagi kemaga, AQŞ esa Eronga zarba berdi
Amerika harbiylari Singapur bayroği ostida Hormuz böğozi orqali suzib ketayotgan savdo kemasiga Tehron tomonidan uyuştirilgan hujumga javoban Eronga zarbalar berdi. Bu haqda AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) xabar qildi.
Xabarda aytilişiça, zarbalar Eron raketalari va dronlar saqlanadigan joylarga, şuningdek, sohilböyi radarlariga berilgan.
“Eron kuçlarining tijorat kemaçiligiga qarşi asossiz agressiyasi öt oçişni töxtatiş rejimini oçiqdan-oçiq buzdi. Bundan taşqari, Eronning xavfli xatti-harakatlari kemaçilik erkinligiga putur yetkazdi, vaholanki, savdo-sotiq tobora köproq uşbu hayotiy muhim xalqaro savdo yölagi orqali amalga oşirilmoqda”, deyiladi Amerika qömondonligi bayonotida.
“Axios” muxbiri Barak Ravid amerikalik mulozimga tayanib, AQŞ Hormuz böğozi hududida zarbalar berayotganini xabar qildi.
Keça, 26 iyun oqşomida AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron Hormuz böğozi orqali ötayotgan kemalarga kamida törtta dron uçirganini malum qildi. Uning sözlariga köra, dronlardan biri “katta va juda qimmat yuk kemasi”ning yuqori palubasiga borib urilgan, kema şikastlangan, biroq öz yölida davom etgan.
“Biz yana uçta dronni urib tuşirdik. Bu öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvimizning oçiqçasiga va ahmoqona buzilişidir”, deydi AQŞ Prezidenti.
Bu AQŞ va Eron örtasida 18 iyun kuni 60 kun davomida barça frontlarda harbiy harakatlarni töxtatiş va uruşni butunlay tugatiş böyiça muzokaralarni boşlaşni nazarda tutuvçi özaro anglaşuv memorandumi imzolanganidan keyin Hormuz böğozida kemaga qilingan birinçi malum hujum böldi.