USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

DeepSeek asosçisi dunyoning eng boy SI tadbirkoriga aylandi

82 марта
DeepSeek асосчиси дунёнинг энг бой СИ тадбиркорига айланди

Xitoyning DeepSeek suniy intellekt kompaniyasi asosçisi Lyan Venfen dunyodagi eng boy suniy intellekt kompaniyasi asosçisiga aylandi. Uning boyligi kompaniya jalb qilgan yangi investitsiyalardan söng 36 milliard AQŞ dollariga yetdi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, DeepSeek’ning sönggi investitsiya raundi natijasida kompaniya qiymati 50 milliard dollarga baholangan. Şundan söng Lyan Venfenning şaxsiy boyligi 16,7 milliard dollardan 36 milliard dollarga oşgan. Natijada u Anthropic asosçisi Dario Amodei va OpenAI hammuassisi Greg Brokmandan özib ketib, suniy intellekt sohasidagi eng boy asosçiga aylangan.

Malum qilinişiça, DeepSeek 2026 yil iyun oyida 7,4 milliard dollarlik investitsiya jalb qilgan. Uşbu investitsiya bosqiçida Lyan Venfenning özi ham kompaniyaga 3 milliard dollar sarmoya kiritgan. Hozirda u DeepSeek aktsiyalarining qariyb 78 foiziga egalik qilmoqda.

Lyan Venfen 1985 yilda Xitoyning Guandun provintsiyasida tuğilgan. U Çjetszyan universitetida elektron muhandislik hamda axborot va kommunikatsiya muhandisligi yönalişlarida tahsil olgan.

Tadbirkor 2023 yilda DeepSeek kompaniyasiga asos solgan. Unga qadar u ikki nafar kursdoşi bilan birgalikda High-Flyer Asset Management nomli kvant investitsiya fondini taşkil etgan. Hozirda mazkur fond qariyb 8 milliard dollarlik aktivlarni boşqaradi.

Lyan Venfen suniy intellekt rivojlaniş istiqbolini erta anglagan tadbirkorlardan biri sifatida etirof etiladi. U boşçiligidagi jamoa 2019 yildanoq suniy intellektni rivojlantiriş uçun zarur bölgan yuqori quvvatli hisoblaş tizimlariga va Nvidia protsessorlariga katta sarmoya kiritgan. Aynan şu tayyorgarlik keyinçalik DeepSeek’ning jahon bozoridagi tezkor ösişiga zamin yaratgan.

“Bloomberg Billionaires Index” malumotlariga köra, 36 milliard dollarlik boyligi bilan Lyan Venfen Xitoyning eng badavlat kişilari reytingida sakkizinçi örinni egallagan. U bu borada Cambricon Teçnologies hammuassisi Çen Tyanşidan keyingi örinda qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq dunyo böylab milliarderlar soni 2031 yilga borib qariyb 4 ming nafarga yetişi mumkinligi va bu boylik yiğiş jarayoni tobora tezlaşayotganini körsatgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: