USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston SIdan foydalaniş darajasi eng past davlatlar qatoriga kirdi

127 марта

Özbekiston SIdan foydalaniş darajasi eng past davlatlar qatoriga kirdi

Özbekiston suniy intellektdan foydalaniş darajasi böyiça dunyoning 147 mamlakati orasida 141-örinni egalladi. Mamlakatda neyron tarmoqlardan foydalaniş darajasi atigi 6,3 foizni taşkil etmoqda. Bu haqda “Microsoft Institute for the Economy of AI” tomonidan elon qilingan 2025 yilgi hisobotda söz boradi. 

Tadqiqotda operatsion tizimlar va qurilma turlari örtasidagi farqlar inobatga olinib, faol suniy intellekt foydalanuvçilari uluşi asos sifatida belgilangan. Reytingning yuqori poğonalaridan Birlaşgan Arab Amirliklari, Singapur va Norvegiya joy olgan. Uşbu mamlakatlarda suniy intellektni qöllaş darajasi 45,3 foizdan 64 foizgaça yetgan. Global reytingning eng oxirgi örinlarini esa Tojikiston, Turkmaniston va Kambodja egallagan (145–147-örinlar).
Past öringa qaramay, Özbekistonda ijobiy ösiş tendentsiyasi kuzatilmoqda. Jumladan, 2025 yil iyul oyining boşida suniy intellektdan foydalaniş darajasi 5,7 foizni taşkil etgan bölsa, yilning ikkinçi yarmiga kelib bu körsatkiç 6,3 foizga yetgan.

Microsoft mutaxassislari 2025 yil uçun asosiy tendentsiyalardan biri sifatida DeepSeek platformasining jadal ösişini qayd etdi. Uşbu oçiq ekotizim, ayniqsa, Ğarb texnologik yeçimlari yetarli darajada taqdim etilmagan bozorlarda ommalaşib boryapti.
DeepSeek’dan foydalaniş geografiyasi Amerika suniy intellekt platformalaridan sezilarli darajada farq qiladi. Xususan, platforma qator Osiyo va Afrika mamlakatlarida keskin ösişni namoyiş etmoqda. Biroq Özbekistonda DeepSeek’ning uluşi yil oxiriga kelib 5 foizdan kam bölgan. Taqqoslaş uçun, Rossiyada uşbu körsatkiç 43 foizga yetgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: