USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroilning Ğazoga hujumlari 9 kişining ölimiga sabab böldi

57 марта
Исроилнинг Ғазога ҳужумлари 9 кишининг ўлимига сабаб бўлди

Isroil armiyasining Ğazo sektoriga bergan zarbalari va öq uzişi oqibatida kamida töqqiz nafar falastinlik, jumladan, 10 yoşli bola halok böldi. Qurbonlar orasida HAMAS politsiyasining yuqori lavozimli amaldori ham bor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ğazo soğliqni saqlaş va politsiya idoralarining malum qilişiça, Isroilning bugun, 14 iyul kungi hujumlari va öq uzişi oqibatida kamida töqqiz nafar falastinlik, jumladan, 10 yoşli bola hamda HAMAS politsiyasining yuqori lavozimli xodimi halok bölgan.

2025 yil oktyabr oyida Isroil va HAMAS örtasida kuçga kirgan öt oçişni töxtatiş kelişuvidan buyon Isroil hujumlari oqibatida halok bölgan falastinliklar soni 1 100 nafardan oşdi.

Şifokorlarning malum qilişiça, 10 yoşli Muataz Abu Şaar Ğazoning janubidagi Rafah şahrida Isroil harbiylarining öq uzişi oqibatida halok bölgan.

Malum qilinişiça, anklav şimolidagi Jabaliya şahrida Isroil havo zarbasi HAMAS boşçiligidagi politsiya kuçlari postiga berilgan. Tibbiyot xodimlari va politsiya malumotlariga köra, hujumda kamida yetti kişi, jumladan bir ayol halok bölgan, yana bir neça kişi yaralangan.

HAMAS boşçiligidagi Içki işlar vazirligi halok bölganlar orasida Jabaliya politsiyasi rahbari polkovnik Muhammad Marvon Salim hamda yana bir neça politsiya xodimi borligini malum qilgan. Politsiya manbalariga köra, Isroil oktyabr oyidan beri HAMAS xavfsizlik kuçlari va politsiya postlariga qarşi hujumlarni kuçaytirib, önlab xodimlarni öldirgan.

Isroil armiyasi Rafah va Jabaliyadagi voqealar yuzasidan hozirça rasmiy izoh bermagan.

Isroil malumotlariga köra, 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS boşçiligidagi jangçilarning Isroilga hujumida 1 200 kişi halok bölgan. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi esa şundan beri anklavda 73 mingdan ortiq falastinlik halok bölganini malum qildi.

Eslatib ötamiz, Isroilning 12 iyul kungi Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlari oqibatida kamida 6 kişi, jumladan 9 yoşli qizaloq halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: