USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina istiloga rozi bölmasligi kerak – Aliyev

128 марта
Украина истилога рози бўлмаслиги керак – Алиев

Ukraina xalqi va mamlakat rahbariyati hududiy yaxlitlik masalasida öz pozitsiyalari böyiça taşqaridan beriladigan maslahatlarga muhtoj emas. Ular istiloga rozi bölmasligi kerak. Bu haqda keça, 13 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev IV Şuşa global mediaforumi doirasida ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonning Ukrainaga hamda Putinga qanday maslahatlar berişi haqidagi savoliga javoban söz oçdi.

“Ukraina xalqi va mamlakat rahbariyati maslahatlarga muhtoj emas. Ukraina heç qaçon istiloga rozi bölmasligi kerak va Kiyev bugun aynan şunday pozitsiyada turibdi”, deydi Ilhom Aliyev.

Aliyev uzoq vaqt davomida Ukrainaga jiddiy bosim ötkazilganini, biroq na xalq va na mamlakat rahbariyati öz hududining bir qismi bosib olinişiga rozi bölmaganini qayd etgan.
 
Ozarbayjon Prezidenti, şuningdek, Rossiyaga maslahat berişni örinli deb hisoblamasligini, lekin agar undan söraşsa, öz fikrini bildirişga tayyorligini malum qilgan. Şu bilan birga, u uruşni töxtatiş zarurligini anglab yetiş ança oldinroq yuz berişi kerak bölgan degan işonçini bildirgan. 

Ilhom Aliyev Ukraina haqida gapirar ekan, Ozarbayjonning tarixiy tajribasiga tayangan. Ozarbayjon hududining bir qismi ham uzoq yillar davomida istilo ostida bölgan, biroq yakunda mamlakat öz suverenitetini töliq tiklaşga muvaffaq bölgan.

U Qoraboğ mojarosini hal qiliş böyiça muzokaralar jarayonini misol qilib keltirgan. Uning sözlariga köra, YeXHTning Minsk guruhi Armaniston nazorati ostida nafaqat Qoraboğni, balki Loçin va Kalbajar tumanlarini ham qoldirişni, Ozarbayjonga esa faqat bosib olingan beşta tumanni qaytarişni taklif qilgan.

“Bunday variantga na men va na Ozarbayjon xalqi heç qaçon rozi bölmasdik”, deydi Ozarbayjon Prezidenti.

U bu dunyoning uçta yetakçi yirik davlatining birlaşgan pozitsiyasi bölganini va unga qarşi turiş juda qiyin keçganini eslatgan. Şunga qaramay, Ozarbayjon murosaga bormagan.

Ikkinçi Qoraboğ uruşi paytida ham mamlakatga hujumni töxtatiş talabi bilan taşqaridan kuçli bosim ötkazilgan, ayrim davlatlar esa töğridan töğri tahdidlarga ham ötgan.

Ilhom Aliyev öz nutqi yakunida Ozarbayjonning özgarmas pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlagan.

“Ozarbayjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini izçil qöllab-quvvatlaydi va bundan keyin ham uşbu pozitsiyada qatiy turadi”, deydi u.

Eslatib ötamiz, joriy yilning fevral oyida Ukrainadagi Ozarbayjon elçixonasi va energetika infratuzilmasi hujumga uçragan edi. Keyinroq, Aliyev Ukrainadagi Ozarbayjon elçixonasi va energetika infratuzilmasiga Rossiya tomonidan qasddan hujum qilinganini aytdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: