Ozarbayjon Ukraina bilan birga qurol işlab çiqarmoqçi
26-04-2026, 19:26
115 марта

Ozarbayjon Ukraina bilan birga qurol işlab çiqarmoqçi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşini malum qildi va Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiyga birgalikda qurol işlab çiqarişni taklif qildi. Bu haqda “Report.az” xabar berdi.Aliyev bu bayonotni Zelenskiy bilan uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida bildirgan. Uning sözlariga köra, Ozarbayjon va Ukraina xalqaro taşkilotlarda öz davlatlarining suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravişda qöllab-quvvatlab keladi va bundan keyin ham şunday yöl tutadi.
Uçraşuv davomida tomonlar harbiy-texnik hamkorlik masalasini ham muhokama qilgan. Aliyevning aytişiça, har ikki davlatda ham mudofaa sanoati rivojlanmoqda va bu sohada qöşma işlab çiqariş uçun katta imkoniyatlar mavjud.
Zelenskiy esa ikki davlat örtasida mudofaa sanoati böyiça hamkorlikni kengaytiriş muhimligini takidlagan. U Ukraina va Ozarbayjon bir neçta sohalarda, jumladan energetika va gumanitar yönalişda ham hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça bir neçta hujjatlar imzolaganini aytgan.
Şuningdek, Zelenskiy agar Rossiya rozi bölsa, Ukraina Rossiya bilan uç tomonlama (AQŞ–Ukraina–Rossiya) muzokaralarni davom ettirişga tayyor ekanini bildirgan. U ilgari ham Turkiya va Şveytsariyada şunga öxşaş uçraşuvlar ötkazilganini eslatgan.