Parij yaqinidagi 2000 gektardan ortiq örmon yonib ketdi
Frantsiya poytaxti Parij yaqinidagi UNESCO biosfera qöriqxonasi hisoblangan Fontenblo örmonida yuz bergan yirik yonğin oqibatida 2050 gektardan ortiq hudud yonib ketdi. Hodisa yuzasidan öt qöyişda gumonlanayotgan ikki kişi qölga olindi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yonğin keça, 13 iyul kuni Parijdan 60 kilometr janubi-şarqda joylaşgan Fontenblo örmonida boşlangan. Oradan bir kun ötib yana bir yonğin yuzaga kelib, olov tezda UNESCO biosfera qöriqxonasi hududiga tarqalgan. Yonğin sabab Fontenblo va unga tutaş hududlardan qariyb ming nafar aholi evakuatsiya qilingan. Şuningdek, temiryöl qatnovi va A6 avtomagistralidagi harakat vaqtinça çeklangan.
Hodisani bartaraf etişga 850 nafarga yaqin öt öçiruvçi, törtta Canadair samolyoti, ikkita Daş samolyoti hamda uçta suv taşuvçi vertolyot jalb etilgan. Qutqaruvçilar yonğinni öçiriş uçun 187 marta havodan suv taşlagan.
Mintaqaviy öt öçiruvçilar vakili Pol-Eduard Lorenning aytişiça, yonğin hali ham töliq nazorat ostiga olinmagan, biroq rasmiylar uni kun davomida öçirişga umid qilmoqda.
Politsiya öt qöyişda gumonlanayotgan ikki kişini hibsga olgan. Ulardan biri 18 yoşli yigit bölib, tergovga yaqin manbaga köra, u qölga olinganida qöllarida kuy izi va yonida “zajigalka” bölgan.
Frantsiya Içki işlar vaziri Loran Nunesning malum qilişiça, yonğinning qasddan sodir etilgan yoki etilmagani yuzasidan tergov davom etmoqda.
“Taxminan ming metrlik hudud içida önga yaqin alohida yonğin öçoği aniqlandi. Bu yonğin ataylab çiqarilgan bölişi mumkinligini körsatadi”, degan vazir.
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron esa mamlakatdagi barça mavjud kuç va vositalar yirik yonğinni bartaraf etişga safarbar etilganini bildirgan.
Mutaxassislarning qayd etişiça, Frantsiya sönggi uç oy içida uçinçi bor kuçli jazirama tölqinini boşdan keçirmoqda. Iqlim özgarişi fonida mamlakatning turli hududlarida örmon yonğinlari soni keskin ortgan.
Malumotlarga köra, yil boşidan buyon Frantsiyada örmon yonğinlari 32 ming gektardan ortiq hududni qamrab olgan. Bu körsatkiç butun 2025 yilda qayd etilgan yonğinlardan ham yuqori.
Eslatib ötamiz, avvaroq Ispaniyaning Andalusiya avtonom hamjamiyatidagi Almeriya viloyatining Los Gallardos hududida yuz bergan yirik örmon yonğini oqibatida kamida 12 kişi halok bölib, yana 6 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.