Yevropa “yonyapti”: mintaqada örmon yonğinlari avj oldi
Ispaniya, Frantsiya, Portugaliya va Gretsiyada davom etayotgan yirik örmon yonğinlari minglab gektar hududni qamrab oldi. Yonğinlarni bartaraf etiş uçun yuzlab öt öçiruvçilar, maxsus texnikalar hamda aviatsiya jalb etilgan. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.
Frantsiyaning janubidagi Pireney-Şarqiy departamentida joriy yilning 4 iyul oqşomida boşlangan yonğin oqibatida ikki kişi, jumladan, bir nafar öt öçiruvçi va mahalliy aholi jiddiy jarohat olgani aytilmoqda. Hududdan 5 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan. Yonğinni öçiriş işlariga 700 ga yaqin öt öçiruvçi, 200 ta maxsus texnika, şuningdek, önlab samolyot va vertolyot safarbar etilgan.
Frantsiya hukumati iyul holatiga köra, mamlakatning 41 departamentida örmon yonğinlari xavfi yuqori ekanini, ulardan 7 tasida esa eng yuqori xavf darajasi elon qilinganini malum qilgan.
Gretsiyaning Saloniki şahri yaqinidagi çiqindilarni qayta işlaş korxonasida yuzaga kelgan yonğin oqibatida qalin tutun şahar markazigaça yetib borgan. Rasmiylar aholini derazalarni yopib, imkon qadar uyda qolişga çaqirgan. Uçta aholi punkti hamda 157 nafar kişi yaşaydigan parvariş muassasasevakuatsiyaiya qilingan. Mazkur hodisa yuzasidan 76 yoşli erkak öt qöyişda gumonlanib hibsga olingan.
Bundan taşqari, Afina ğarbida ham yirik örmon yonğini qayd etilgan. Uni öçirişga 210 nafar öt öçiruvçi, köngillilar va maxsuaviatsiyaiya jalb qilingan.
Ispaniyaning Jirona provintsiyasida 3 iyuldanan buyon davom etayotgan yonğin qariyb 2,2 ming gektar maydonni qamrab olgan.
Portugaliyaning Vozel munitsipalitetida esa iyulda boşlangan yonğin 12 ming gektardan ortiq hududga tarqalgan. Uni öçiriş uçun 1 200 nafar öt öçiruvçi, 400 ta maxsus texnika va 15 ta samolyot safarbar etilgan. Şuningdek, Ispaniya qöşni davlatga 120 nafar öt öçiruvçi va 45 ta texnika yuborgan.
Mahalliy OAV malumotlariga köra, Portugaliyadagi yirik yonğinlar asosan nazorat ostiga olingan, biroq ayrim hududlarda alanga öçoqlari saqlanib qolmoqda.
Qayd etilişiça, Yevropaning qator mamlakatlaridagi örmon yonğinlari iyun oyida kuzatilgan anomal issiq ob-havo fonida boşlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya janubida jazirama oqibatida yirik örmon yonğinlari yuzaga kelgani xabar qilingandi.