USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Muzokara bölmasa, zarbalar kuçayadi”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

67 марта
“Музокара бўлмаса, зарбалар кучаяди”. Трамп Эронга яна таҳдид қилди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron muzokaralarga rozi bölmasa, mamlakatning elektr stantsiyalari va köpriklariga zarba berişini aytdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Trampning sözlariga köra, AQŞ Eronga qarşi harbiy amaliyotlarni davom ettiradi va agar Tehron muzokara stoliga ötirmasa, kelasi haftadan uning energetika hamda transport infratuzilmasi nişonga olinadi.

“Kelasi hafta ular uçun vaziyat yanada yomonlaşadi. Navbat elektr stantsiyalariga, undan keyin köpriklarga keladi. Agar ular muzokaralarga rozi bölmasa, barça elektr stantsiyalari va köpriklarini işdan çiqaramiz”, degan Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.

Uşbu bayonot AQŞ kuçlari ketma-ket törtinçi kun Erondagi nişonlarga zarba berayotgan va Hormuz böğozidagi Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini qayta tiklagan paytda yangragan.

Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Vaşington mintaqadagi neft va gaz eksportini dengiz yöllari orqali tösişga urinsa, AQŞ va uning ittifoqçilari foydalanayotgan boşqa eksport yönalişlari ham yopilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Qayd etilişiça, Tramp joriy yilning mart oyida ham Eron tinçlik şartlariga rozi bölmasa, mamlakatning elektr stantsiyalari va suv taminoti infratuzilmasini yöq qiliş bilan tahdid qilgan. Xalqaro gumanitar huquqqa köra, fuqarolik infratuzilmasiga qasddan zarba beriş uruş jinoyati sifatida baholanişi mumkin.

Eron Taşqi işlar vaziri örinbosari Kazem Ğaribobodiy AQŞning dengiz blokadasini qayta joriy etişi avval erişilgan kelişuvlarga putur yetkazganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp yaqin orada AQŞ Erondagi Pikaks toğiga zarba berişini malum qilib, Vaşington Eronga qarşi kuçli hujumlarni davom ettirişi haqida ogohlantirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: