Qirğizistonda keng kölamli blekaut yuz berdi
Bugun, 17 iyul kuni Qirğizistonda elektr energiyasining keng kölamli öçişi sodir böldi. Bişkek va mamlakatning bir neçta hududlari çiroqsiz qoldi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Aholining xabar berişiça, elektr taminotidagi uzilişlar poytaxtga, şuningdek, Çuy, Issiqköl, Norin va boşqa viloyatlarning aholi punktlariga tasir körsatgan. Xususan, elektr energiyasi öçişi sababli Bişkekning ayrim tumanlarida sovuq va issiq suv taminoti töxtab qolgan. Şuningdek, aholi svetoforlar işlamayotgani, aloqadagi uzilişlar va liftlar töxtab qolgani haqida xabar bergan.
“Qirğiziston milliy elektr tarmoği” (NESK) OAJ malum qilişiça, blekautga kuçlanişi 220 kilovolt bölgan ikkita yuqori kuçlanişli elektr uzatiş liniyasining avariyaviy öçişi sabab bölgan. Kompaniya malumotlariga köra, “Qorabolta — Glavnaya” va “Glavnaya — Şu” liniyalari avariyaviy tarzda öçib qolgan.
Oqibatda yuklamani avtomatik ravişda kamaytiriş tizimi işga tuşgan va bu elektr taminotida uzilişlarga olib kelgan. Hozirgi vaqtda NESK mutaxassislari elektr taminotini bosqiçma-bosqiç tiklaş işlarini olib bormoqda. Texnologik buziliş sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq anomal issiq sababli sabab Özbekistonning ayrim hududlarida elektr 2 soatga uzilişi haqida xabar berilgan edi.