“Odisseya” filmi rekord kassa yiğdi
Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi premera oldidan namoyişlar davomida 17,6 million AQŞ dollari daromad töplab, 2026 yilning eng yaxşi natijasini qayd etdi. Bu haqda “Variety” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, Nolanning yangi filmi oldindan çipta savdosi böyiça avvalgi rekordçi – “Öyinçoqlar tarixi 5” animatsion filmini ortda qoldirgan. Nolanning 2023 yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bölgan “Oppengeymer” filmi esa premera oldidan 10,5 million AQŞ dollari işlagan edi.
“Odisseya” filmi keça, 17 iyul kuni keng prokatga çiqdi. “Variety” malumotiga köra, kartina ilk prokat haftasi yakunida 90–100 million AQŞ dollari miqdorida kassa yiğimi qilişi kutilmoqda.
Agar uşbu prognoz tasdiqlansa, “Odisseya” Kristofer Nolanning 2012 yilda çiqqan va ilk prokat haftasida 160 million AQŞ dollari daromad keltirgan “Qora ritsar: Afsonaning tuğilişi” filmi ortidan rejissyorning ikkinçi eng muvaffaqiyatli debyutiga aylanadi.
Malumot uçun, 2026 yilda eng katta oçiliş kassa yiğimini qayd etgan filmlar “Öyinçoqlar tarixi 5” (159 million AQŞ dollari) va “Super Mario” (131 million AQŞ dollari) bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq rejissyor Antuan Fukuaning “Maykl” filmi jahon prokatida 977 million dollar töplab, Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmini (uşbu film 975 million dollar yiğgan edi) ortda qoldirdi va tarixdagi eng kassabop biografik filmga aylangandi.