Aka-uka Teytlar hibsga olindi
Keça, 18 iyul kuni aka-uka inflyuyenserlar Endryu va Tristan Teyt AQŞda zörlaş va odam savdosi ayblovlari bilan hibsga olindi. Bu haqda Buyuk Britaniya Qirollik prokuraturasi xabar berdi.
Qirollik prokuraturasining press-relizida yozilişiça, Endryu Teytga nisbatan 32 ta yangi band böyiça ayblov elon qilingan. Ular orasida yettita band böyiça zörlaş, uçtadan band böyiça jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosini taşkil etiş yoki unga kömaklaşiş hamda badanga şikast yetkaziş, şuningdek, bolaning uyatsiz tasvirlari va ekstremal pornografiya bilan boğliq bölgan 19 ta qöşimça ayblovlar mavjud.
Tristan Teytga esa bitta band böyiça jinsiy zöravonlik, ikkita band böyiça zörlaş va uçta band böyiça jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosini taşkil etiş yoki unga kömaklaşiş ayblovlari qöyilgan.
Prokuraturaning aniqlik kiritişiça, uşbu jinoyatlarning barçasi 2010 yildan 2017 yilgaça bölgan davrda sodir etilgan. Bundan avval aka-uka Teytlarga nisbatan jinoiy iş doirasida 21 ta band böyiça ayblov elon qilingan edi.
“The New York Post” naşrining xabar berişiça, AQŞ Marşallar xizmati aka-uka Teytlarni Mayamidagi Jeyms L. Nayt nomidagi sport majmuasi yaqinida qölga olgan. Endryu Teyt u yerda qölqopsiz jang böyiça turnir ötkazişi kerak edi.
Endryu Teyt kikboksing böyiça tört karra jahon çempioni sifatida tanilgan. Sportdagi faoliyatini yakunlagaç, u vebkam-studiyalar tarmoğiga asos solgan. Tristan Teyt esa kikboksing böyiça ikki karra Yevropa çempioni hisoblanadi. Ular keng ommaga “ayollarga nafrat közi bilan qarovçi blogerlar” sifatida maşhur bölgan. 2024 yilda ularga nisbatan Ruminiyada ham jinoiy ayblovlar ilgari surilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq jinsiy zöravaonlikda ayblanayotgan Endryu Teyt Özbekistonga kelgani va tantanali kutib olingani haqida xabar berilgan edi.