USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nyu-Yorkda jinsiy jinoyatlarda gumonlangan özbekistonlik hibsga olindi

601 марта
AQŞning Nyu-York şahrida yaşab kelgan 21 yoşli Özbekiston fuqarosi U.D. ga federal agentlar tomonidan bir neçta oğir jinsiy jinoyatlar böyiça ayblovlar qöyilib, hibsga olindi. Bu haqda AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xabar berdi.
Naşrga köra, U.D. ga qöyilgan ayblovlar orasida zörlaş (roziliksiz jinsiy aloqada böliş), jinsiy zöravonlik, tan jarohati yetkaziş maqsadida tajovuz qilişga uriniş, şuningdek, jabrlanuvçi roziligisiz sodir etilgan boşqa jinsiy tajovuz şakllari mavjud.

“ICE jamoatçilik xavfsizligiga tahdid soluvçi jinoyatçi muhojirlarni hibsga oliş va deportatsiya qilişga ustuvor ahamiyat beradi, ayniqsa Nyu-Yorkda oğir jinoyatlar sodir etganlar ustidan. Yaxşiyamki, FBI hamkorligida biz U.D. ni mahalliy idoralardan ozod qilinganidan söng tezda hibsga ola oldik”, deya bayonot berdi ICE’ning Nyu-Yorkdagi Boşqaruv ofisi rahbari Uilyam Joys.

U.D. ni AQŞ Çegara patruli 2022 yil 28 dekabr kuni Arizonadagi Lukeville yaqinida AQŞga Meksika orqali noqonuniy kirganida qölga olgan. U deportatsiya jarayoniga qöyilgan va 2023 yil 28 iyulda immigratsiya sudi uni AQŞdan çiqarib yuboriş töğrisida qaror çiqargan.
2024 yil 19 fevral kuni ICE’ning Nyu-Yorkdagi ofisi U.D. ni jinoyat sodir etgan noqonuniy muhojir sifatida qayd etib, uni uşlab turiş uçun sud organlariga iltimosnoma yuborgan. Ammo ertasi kuni Kvinsdagi markaziy hibsxona bu iltimosnomani inobatga olmasdan, uni ozod qilgan.

ICE va AQŞ Içki xavfsizlik böyiça tergov idorasi (HSI) agentlari U.D. ni Staten-Aylendda maxsus reyd davomida hibsga olib, uni ICE’ning ofisiga jönatgan. U hozirça ICE qamoqxonasida saqlanmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: