USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Malikaning öğli zörlaşda ayblanib 4 yilga qamaldi

216 марта
Маликанинг ўғли зўрлашда айбланиб 4 йилга қамалди
Norvegiya valiahd malikasi Mette-Maritning öğli Marius Borg Xyoybi bir neçta jinoyatlar, jumladan, zörlaşda aybdor deb topilib tört yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni “The Guardian” naşri xabar berdi.

Oslo tuman sudi çiqargan hukmga köra, 29 yoşli Xyoybiga nisbatan jabrlanuvçilardan biri bilan ikki yil davomida yaqinlaşmaslik haqidagi çeklov ham qöllanilgan. Şu bilan birga, u yana ikki zörlaş böyiça ayblovlardan oqlangan.

Qayd etilişiça, Marius Borg Xyoybiga qarşi jami 40 ta ayblov qöyilgan bölib, ular orasida zörlaş, tan jarohati yetkaziş, taqiqlov qarorlarini buziş, şuningdek, giyohvand moddalar va transport vositasini boşqariş bilan boğliq huquqbuzarliklar ham bölgan.

Prokuratura uni 7 yil 7 oyga qamaşni talab qilgan bölsa, himoya tomoni zörlaş ayblovlari böyiça oqlaşni va boşqa tan olgan jinoyatlari uçun 18 oydan ortiq jazo tayinlamaslikni söragan.

Zörlaş ayblovlari 2018–2024 yillar oraliğida tört nafar ayol bilan boğliq holatlarni qamrab oladi. Tergov malumotlariga köra, jabrlanuvçilarning barçasi voqea vaqtida uxlayotgan yoki özini himoya qila olmaydigan holatda bölgan.

Manbaning yozişiça, sud jarayoni Norvegiya qirollik oilasi uçun murakkab davrga töğri kelgan. Valiahd malika Mette-Marit hozirda oğir kasallik bilan kuraşayotgan bölib, unga öpka transplantatsiyasi kerakligi aytilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni Şimoliy Koreya hududiga dronlar yuborganlikda aybdor deb topib, 30 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: