USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Peter Madyar şaxmat afsonasini Vengriya prezidentligiga taklif qildi

113 марта
Петер Мадьяр шахмат афсонасини Венгрия президентлигига таклиф қилди

Vengriya Boş vaziri Peter Madyar mamlakatning keyingi prezidenti lavozimiga barça davrlarning eng kuçli ayol şaxmatçisi sifatida tan olingan Yudit Polgar nomzodini taklif qildi. Bu haqda Madyar keça, özining Facebook sahifasida yozdi.

Boş vazirning yozişiça, 49 yoşli Polgar millat birligining ramzi böla oladi. Uning aytişiça, bugun, 20 iyul kuni Polgar bilan uçraşib, prezidentlikka nomzod böliş taklifini qabul qiliş-qilmasligini söraydi.

“Ertaga u bilan uçraşaman va yangi Konstitutsiya qabul qilinguniga qadar mamlakatimizga yangi maqomda xizmat qilişga tayyormi-yöqmi, şuni sörayman”, deb yozgan Madyar Facebook sahifasida.

Boş vazirning sözlariga köra, Yudit Polgarning nomi önlab yillar davomida istedod va matonat ramzi bölib kelmoqda.

Bu bayonot Prezident Tamaş Şuyok Madyar rahbarligidagi hukmron “Tisa” partiyasi qabul qilgan konstitutsiyaviy tuzatişni imzolaganidan bir kun ötib yangradi. Mazkur tuzatiş Şuyokning davlat rahbari sifatidagi vakolatlarini tugatadi.

Qonun Madyarning aprel oyidagi saylovlarda yirik ğalabadan söng sobiq boş vazir Viktor Orbanning hokimiyatdagi tasirini bartaraf etişga qaratilgan islohotlari doirasida qabul qilingan. Madyar bu islohotlar uçun saylovçilardan kuçli mandat olganini takidlab kelmoqda.

Hozirda parlamentda uçdan ikki qismiga ega bölgan “Tisa” partiyasi istalgan qonunni özgartiriş imkoniyatiga ega. Yangi prezident yangi Konstitutsiya kuçga kirguniga qadar yoki köpi bilan beş yil muddatga saylanadi.

Malumot uçun, Yudit Polgar opalari Juja (Syuzan) va Jofiya (Sofiya), şuningdek Ildiko Madl bilan birga 1988 yilgi Şaxmat olimpiadasida Vengriya ayollar jamoasini ğalabaga olib çiqqan va Sovet Ittifoqining uzoq yillik ustunligiga barham bergan. 

Polgar erkaklar iştirok etgan turnirlarda muntazam qatnaşib, şaxmat tarixidagi eng kuçli öyinçilardan biriga aylangan. U 2700 reyting çegarasidan oşgan yagona ayol şaxmatçi bölib, bu körsatkiç köpçilik tomonidan “Super grossmeyster” darajasi sifatida baholanadi. Şuningdek, joriy yil fevral oyida Netflix platformasida Polgar haqidagi “Queen of Çess” (“Şaxmat qiroliçasi”) nomli hujjatli film namoyiş etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Vengriyaning yangi saylangan Boş vaziri Peter Madyar parlamentda mamlakat Prezidentiga nisbatan impiçment (lavozimidan çetlatiş) jarayonini boşlaş niyatida ekanini malum qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: